Mavzu: Organik bog‘lovchilar bilan mustaxkamlangan gruntlarning siqilishga mustaxkamligini aniqlash.
Sinov o‘tkazish:
Siqilishga sinashdan oldin, namunalarni 2 soat sinash haroratida saqlab turiladi. Namunalarni 50 0C da saqlab turish termostatda olib borilganda, doimiy namlik va harorat ushlab turilishi kerak.
Namunalarni siqilishga sinash gidravlik pressda olib boriladi va mustakamlik chegarasi quydagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi.
kg/sm2 yoki MPa
Bu yerda:
P - buzuvchi kuch (yuk),
S - namunaning ko‘ndalang kesim yuzasi, sm2
Bajardi:
Qabul qildi:
Laboratoriya ishi № 14.
Mavzu: Asfaltbeton qorishmasi tarkibini tanlash va hisoblash.
Asfaltbeton xossalarini aniqlash.
Asfalьtbeton - shag‘al yoki chaqiqtosh, qum, mineral kukuni va bog‘lovchi material (bitum)ni maxsus texnologiya asosida qorishtirib va zichlab yotqiziladigan qurilish ashyosidir.
Asfalьtbetonning sifati uning tarkibidagi ashyolarning xossalariga bog‘liq. Bitumli bog‘lovchilar asosida olinadigan barcha qurilish ashyolarining ichki tuzilishi nihoyatda murakkab bo‘lib, ularning xossalari ko‘p omillarga bog‘liq.
Asfalьtbeton xossasi harorat ta’sirida sezilarli o‘zgaradi. Oddiy haroratda asfalьtbeton qayishqoq-egiluvchan holatda, sovuq sharoitda esa qattiq, mo‘rt holatda bo‘ladi. Masalan, 50 ºS haroratda saqlangan asfalьtbetonning mustahkamligi 1-2 MPa bo‘lsa, -35 ºS gacha sovutilganda mustahkamligi 30-40 MPa gacha ortadi.
Asfalьtbeton o‘zining xususiyatlari, bitumning quyuq-suyuqligi va qorishmani yotqizish haroratiga ko‘ra issiq, iliq va sovuq asfalьtbetonlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |