Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish va uning iqtisodiy va huquqiy asoslari
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
1.Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish va uning iqtisodiy va huquqiy asoslariTaniqli iqtisodchi olimlar, jumladan Lavrushin, tijorat banki – bu tashkilot emas balki korxona deb hisoblaydi. Ularning fikriga ko‘ra tijorat banklari ham mahsulot yaratadi. Tijorat banklari nomoddiy shaklga ega bo‘lgan mahsulotlarni yaratadi. Misol: depozit va kredit. Lekin amaliyotda tijorat banklarini kredit muassasasi va kredit tashkiloti deb atash keng tarqalgan. Boshqa moliyaviy institutlar ko‘plab moliyaviy xizmatlarni taklif qilishlariga qaramasdan, faqatgina banklar bir paytning o‘zida depozitlar qabul qiladi va shular hisobidan ssudalar beradi. Depozit mahsulotlariga talabga ko‘ra yoki ba‘zi so‘rovdan so‘ng haq to‘lanadi. Depozitlar banklar foydani maksimallashtirish uchun boshqarilishi kerak bo‘ladigan majburiyatlar hisoblanadi. Shuningdek, ular ssuda orqali yaratilgan aktivlarni asosini tashkil qiladi. Shunday qilib, bu faoliyatning asosi depozitchilar va qarz oluvchilar o‘rtasidagi vositachilik jarayonidir.129 Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatidagi o‘ziga xos maqomni quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Tijorat banklari butun iqtisodiyotda sub’yektlari hamda aholini kreditlaydigan qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz biror bir mamlakatda iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va uy-joy muammosini hal qilish 128 Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 2013. pp. 361-363 129 Shelagh Hefferman. Modern banking. John Wiley&Sons. Ltd. 2005.p.1 mumkin emas. Tijorat banklari aholiga va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga, hisob-kitob kassa xizmat ko‘rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar va omonatlar berish huquqini berilganligidir. Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi. Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari bahosini shakllanish jarayonida aralashishiga haqqi yo‘q. Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag‘larini sir tutishini kafolatlaydigan moliya instituti hisoblanadi. Bu kafolatlar bank siri to‘g‘risidagi qonunda o‘z ifodasini topadi. Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug‘urta va savdo faoliyati bilan shug‘ullanish man etilgan instituti. Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos yaratadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta‘minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni o‘zoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bank aktivida risk darajasi yuqori bo‘lgan ssudalar miqdorining ko‘payishi, bankning resurslari hajmida o‘z mablag‘lar hissasining oshirilishini taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, bank faoliyatini tartibga soluvchi iqtisodiy normativlarni aniqlashda bank aktivlarining passivlarga mutanosib bo‘lishini inobatga olish lozim. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling