1937-yil yozi O’zbekistonda siyosiy qatag’onlik avjiga
chiqdi
1937-yil 28-oktabr XXSR harbiy ishlar noziri, alohida
O’zbek otliq askarlar polkining komandiri va komissari,
19-tog’li otliq O’zbek diviziyasi komandiri
lavozimlarida ishlagan Mirkomil Mirsharipov sovet
rejimi tomonidan Maykopda qamoqqa olindi
1937-1938-yillar to’qib chiqarilgan soxta ayblar
bo’yicha O’zbekistonda 41 ming nafardan ortiq kishi
hibsga olinib, ulardan 37 ming nafardan ko’prog’i
jazolandi., 6920 nafar kishi otib o’ldirishga mahkum
qilindi. Faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchi,
shoirlar va olimlardan 5758 kishi qamoqqa olinib,
ulardan 4811 nafari otib tashlangan
1938-yil 4-oktabr Fitrat, Cho’lpon va Abdulla Qodiriy
Toshkent shahri atrofida otib tashlandi
1938-yil 10-oktabr Mirkomil Mirsharipov boshchiligida
18 nafar o’zbek harbiy komandirlari va askarlari
Toshkent atrofida otib tashlangan
1939-yil O’zbekiston aholisi shu yili 6,5 mln kishini
tashkil etgan
1939-yil shu yilga kelib O’zbekistonda yakka dehqon
xo’jaliklariga butkul barham berildi
1939-yil 23-avgust Stalin taklifi bilan Moskvada SSSR
va Germaniya o’rtasida 10-yil muddatga hujum
qilmaslik to’g’risida bitim imzolandi
1939-yil 1-sentabr Adolf Gitler boshchiligidagi
Germaniya davlati Polshaga hujum qildi
1939-yil 3-sentabr Fransiya va Angliya davlatlari
Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi
1939-yil 17-sentabr SSSR va Germaniya o’rtasidagi
hujum qilmaslik to’g’risidagi bitimning maxfiy
moddalariga muvofiq SSSR qo’shinlari Polsha hududiga
bostirib kirdi
1939-yil 19-sentabr qizil armiya qo’shinlari Vilnyusni
bosib oldi
1939-yil 22-sentabr Brest-Litovskda Polshani tor-mor
keltirish operatsiyasining tugatilishi sharafiga sovet va
nemis qo’shinlarining qo’shma paradi o’tkazildi
Do'stlaringiz bilan baham: |