1917-yil 5-aprel Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh
xivaliklar partiyasining islohot to’g’risidagi manifestiga
imzo chekdi
1917-yil 7-aprel Sayid Olimxon Buxoroda turli
islohotlar o’tkazish to’g’risidagi farmonni imzoladi
1917-yil 7-aprel Turkiston o’lkasini boshqarish uchun 9
kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda
faoliyat ko’rsatdi.
1917-yil 8-aprel Yosh buxoroliklar tomonidan Buxoro
shahrida bo’lgan namoyish amir tomonidan bostirildi
1917-yil 8-aprel Xivada xon huzurida qozikalon
Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husayn
devonbegi Matmurodov boshchiligida Nozirlar Sho’rosi
tashkil topgan
1917-yil 14-aprel 7-aprelda imzolangan farmon bekor
qilindi
1917-yil 16-23-aprel Toshkent shahrida Sho’royi
Islomiya tashkilotining tashabbusi bilan Butunturkiston
musulmonlarining I qurultoyi bo’lib o’tdi
1917-yil may Yosh xivaliklar partiyasi rahbari
Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi delegatsiya
Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o’tkazish
uchun Toshkentga keldi
1917-yil iyun Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning
Xivadagi vakili general Mirbadalov boshchiligidagi
harbiy kuchlarga tayanib Majlisni tarqatib yubordi
1917-yil iyun Shoroyi Islomiya tashkilotidan bir guruh
ulamolar ajralib chiqib, Qo’qon va Toshkentda yangi
jamiyat—‘’Shoroyi Ulamo’’ga asos soldilar
1917-yil iyul-oktabr fevral voqealaridan keyin
Muvaqqat hukumatga Aleksandr Kerenskiy boshchilik
qilgan
1917-yil avgust—sentabr bolsheviklar Petrograd va
Moskva Sovetlarida ko’pchilikni egalladi va hokimiyatni
bosib olish uchun qurolli to’ntarishga tayyorgarlik
ko’rdi.
1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar
ta’siridagi Sovetlar qo’liga o’tishi uchun obyektiv shart-
sharoit yo’q edi, bolsheviklarning omma o’rtasida ta’siri
ham oz bo’lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |