1918-yil 30-yanvar shu kuni kechqurun Toshkentdan
yuborilgan dastlabki harbiy otryadlar Skobelovdan
Qo’qonga to’p va pulemotlar bilan yetib keldi
1918-yil 31-yanvar shu kuni tushdan keyin Qo’qonda
Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harakatlar boshlandi
1918-yil 31-yanvar shu sanagacha tarixiy sanalar
Rossiyada eski hisob bilan berilgan
1918-yil 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas 14-
fevralga o’tilgan
1918-yil 14-fevraldan Rossiyada tarixiy sanalar yangi
hisob bilan berilgan
1918-yil 15-fevral Qo’qon shahrida yong’inlar bo’ldi
1918-yil 18-fevral shu kundan boshlab Kichik Ergash
amalda muxtoriyat hukumatining rahabariga aylandi
1918-yil 20-fevral shu kun “Ulug’ Turkiston”
gazetasining ma’lumotlariga ko’ra, Xo’qand (Qo’qon)
tarixining eng dahshatli kuni edi
1918-yil 22-fevral Qo’qon shahridagi Rus-Osiyo banki
binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik
shartnomasi’’ imzolandi
1918-yil fevral oyining so’nggi o’n kunligida Turkiston
mintaqasida bolsheviklar hukmronligidagi sovet
rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati dastlab Qo’qon
atroflarida boshlandi
1918-yil 27-fevral bolsheviklarning harbiy kuchlariga
qarshi bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid
bo’lgan
1918-yil erta bahori avval Farg’ona vodiysida, so’ngra
butun Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi
qurolli istiqlolchilik harakati boshlandi
1918-yil 1-mart Turkiston o’lkasi XKS raisi Fyodor
Kolosev boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy
kuchlar Yangi Buxoroga yetib keldi
1918-yil 2-mart Eski Buxoro shahriga Turkiston o’lkasi
XKS raisi Fyodor Kolosev boshchiligidagi harbiy
kuchlar hujum boshladi
1918-yil 5-mart shu kuni kechqurun Kolosev o’z harbiy
kuchlariga Toshkent tomonga chekinishga buyruq berdi
Do'stlaringiz bilan baham: |