1917-yil sentabr Toshkentda Turkiston va Qozog’iston
musulmonlari qurultoyi o’tkazilgan
1917-yil 24-oktabrdan 25-oktabrga o’tar kechasi
qurollangan ishchilar, Petrograd garnizoning soldatlari
va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib
kirdi va majlis o’tkazayotgan Muvaqqat hukumat
a’zolarini qamoqqa oldi.
1917-yil 27-oktabrda Toshkentga yetib kelgach,
bolsheviklar va so’l eserlar hokimiyatni zo’rovonlik
yo’li bilan egallash uchun kurash boshladilar
1917-yil 28-oktabr shu sanadan boshlab Toshkentning
yangi shahar qismida qurolli to’qnashuvlar avj oldi
1917-yil noyabr Samarqand, Skobelov va boshqa
shaharlarda sovet hokimiyati o’rnatildi
1917-yil noyabr Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida
Majlisni butunlay tugatdi
1917-yil noyabr Turkiston o’lkasida bolsheviklarning
hokimiyat tepasiga kelishi natijasida sovet Rossiyasi
bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi siyosiy vaziyat
keskinlashdi
1917-yil 7-noyabr Jizzaxda Sharof Rashidov tavallud
topgan
1917-yil 15-22-noyabr Toshkentda Turkiston ishchi va
soldat deputatlari Sovetlarining III o’lka syezdida so’l
eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovet
hukumati—Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti
tuzildi
1917-yil 12-15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining
birlashgan kengashi” o’tkazilib, unda Sirdaryo va
Samarqand viloyatlaridan kelgan vakillar qatnashdi
1917-yil 26-28-noyabr Qo’qon shahrida Butunturkiston
o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib
o’tdi
1917-yil 27-noyabr shu kunni Abdurauf Fitrat ‘’Milliy
laylatulqadrimiz’’ deb atadi
1917-yil 27-noyabr kechqurun ”Turkistonda yashab
turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi
da’vat etgan xalqlarning o’zlari belgilash xususidagi
irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya
Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb
e’lon qiladi’’ deyilgan qaror qabul qilindi
Do'stlaringiz bilan baham: |