Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet60/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Urushlarning hammasi dahshatli. Ammo ularning ichida eng dahshatlisi jahon urushlari bo‘ldi. Chunki bu urushlarda dunyoning ko‘plab davlatlari ishtirok etishdi. Binobarin, qirg‘in va vayronagarchilik, xalqlar boshiga tushadigan azobuqubatlar ham shunchalik ko‘p bo‘lgan. Insoniyat bugungi kungacha ikkita jahon urushini boshidan kechirdi. Ularning birinchisi 1914-


yilda boshlanib, 1918-yilda tugadi. Xo‘sh, bu urushning sabablari nimalardan iborat edi? Qudratli
davlatlar 1914-yilgacha dunyoning kuchsiz davlatlari hududlarini bosib olib, ularni o‘z mustamlakalariga aylantirib bo‘ldi. Buyuk Britaniya (Angliya), Fransiya va Rossiya imperiyasi dunyoning eng yirik mustamlakachi davlatlariga aylanishdi.
Boshqa davlatlar hududlarini zo‘rlik yo‘li bilan bosib olgan davlatlar mustamlakachi davlatlar deyiladi.
Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyaning mustamlakalari esa kamroq edi. Germaniya buni bahona qilib dunyoni qayta bo‘lishni talab eta boshladi.
Avstriya-Vengriya da’vo qilayotgan hududlar, asosan, Rossiya ta’siri ostida, Italiya da’vo qilayotgan hududlar esa Fransiya ixtiyorida edi. Shuning uchun ham ular Germaniyani qo‘llab-quvvatladilar.

Britaniya, Fransiya va Rossiya Germaniyaning talablarini rad etishdi. Natijada Yevropaning qudratli davlatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada kuchaydi. Oxir-oqibatda ular bir-biriga dushman bo‘lgan ikkita ittifoqqa birlashdilar. Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiyani birlashtirgan birinchi ittifoq «Uchlar ittifoqi», Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiyani birlashtirgan ittifoq esa «Antanta» deb ataldi.


«Uchlar ittifoqi» va «Antanta» o‘rtasida dunyoni qaytadan bo‘lib olishga urinish – Birinchi jahon urushining asosiy sababi bo‘ldi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling