Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet1/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar



Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`IBDO` Sh. Mansurova
Tasdiqlayman”
_____________ 2022-yil

O’zbekiston Respublikasi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab tarix fani o’qituvchisi
Najmiddinov Qodirjon Murodjon o’g’lining
Tarix fani ( 5-sinf uchun)
Tezislar to`plami

Tezis tuzuvchi: Q.Najmiddinov


5-SINF TARIX / 1-MAVZU. Кirish. . O‘zbekiston — Vatanim manim
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish


Vatan ta’rifi. Vatan! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no bor. Vatan – aziz muqaddas va mo‘tabar yurtdir. «Vatan» arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt degan ma’noni anglatadi. Vatan – biz tug‘ilgan makon. Kindik qonimiz to‘kilgan tuproq. Vatan – bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do‘stlarimiz bilan birga yashayotgan zamin. Bobolarimizning izlari qolgan yer.
Ajdodlarimiz yurti, yurakdagi javohirdir. Vatan – jonajon shahringiz va qishlog‘ingizdir. Insonning qalbi, orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas bog‘liqdir.
Muqaddas «Vatan» so‘zi mo‘tabar «ona» so‘zi bilan yonma-yon turadi. Chunki, Vatan ham ona kabi yagonadir. Siz kinofilmlarda turli sabablarga ko‘ra uzoq muddat chet ellarda bo‘lib, o‘z Vataniga qaytgan kishilarining samolyotdan yoki poyezddan tushgach tiz cho‘kib ona Vatanlarining tuprog‘ini o‘pganlarini va ko‘zlariga surtganlarini ko‘rgansiz. Bu manzarada ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatlari, Vatanning sajdagohdek muqaddas ekanligining
yorqin namunasini ko‘ramiz.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling