Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet6/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Yuliy kalendari. Qadimgi Rim davlati hukmdori Yuliy Sezar mil.av. 46-yilda yangi kalendar joriy etdi va yil boshini 1-yanvarga ko‘chirdi. Yangi calendar Yuliy kalendari deb ataldi. Misrliklar kalendarida har 4 yilda to‘planib qoladigan bir kunni yo‘qotish uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilandi. Fevral oyi 29 kun bo‘lib keladigan yilda
bir yil 366 kunni tashkil etdi.


5-SINF TARIX / 5-MAVZU. Xronologiya haqida.
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish


«Milod» va «era» tushunchalari. Hozir dunyodagi davlatlarning ko‘pchiligida, jumladan O‘zbekistonda ham milodiy yil hisobi qo‘llanadi. (Siz bilan biz yashayotgan yil milodiy yildir). Milodiy yil hisobiga Iso payg‘ambar tug‘ilgan yil asos qilib olingan.
Milod (arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «tug‘ilish» degan ma’noni anglatadi) – hozirgi yil hisobimizning boshi. Tarix kitoblarida «milod» so‘zining o‘rnida «era» so‘zi ham ishlatiladi. «Era» so‘zi «boshlang‘ich raqam», ya’ni yil hisobining boshi ma’nosini anglatadi. Milodiy yil hisobida 1-yanvar yil boshi deb e’tirof etilgan. U hozirgi yilimiz boshlangan birinchi kundir. Tarix kitoblarida, Iso payg‘ambar tug‘ilganidan avval bo‘lib o‘tgan voqealarga nisbatan «miloddan avvalgi» (qisqacha: mil. avv.) iborasi qo‘shib yoziladi. (Masalan: «Miloddan avvalgi IV–III asrlarda lotin alifbosi yaratilgan»).

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling