Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet8/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish


Milodgacha yil hisobi. Milodgacha turli xalqlar yil hisobini turlicha olib borganlar. Masalan, dastlab yil hisobini ekinlarning hosilini yig‘ishtirib olish boshlangan kundan boshlaganlar va uni yilning birinchi kuni deb belgilab qo‘yganlar. Qadimgi yunonlarda esa yil hisobi birinchi Olimpiya sport o‘yinlari o‘tkazilgan yildan boshlangan. Rimliklar esa Rim shahriga asos
solingan yildan boshlaganlar. Siz tarixni o‘rganishda yana bir holatni
yodda tutingki, tarix fanida tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan asr Rim raqamida
yoziladi.
Yurtimizda ajdodlarimiz sug‘diy, xorazmiy, muchal va hijriy kabi yil hisoblaridan foydalanganlar.
Hijriy yil hisobi. Dunyoning qator davlatlarida hijriy yil hisobi ham qo‘llaniladi. U Arabistonda yaratilgan. Bu yil hisobiga payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning milodiy 622-yilning 16-iyulida Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilgani, ya’ni ko‘chgan vaqti asos qilib olingan. Bu sanadan hijriy birinchi yil boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasida hijriy yil hisobidan diniy marosimlar va bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi.


Xronologiya tushunchasi. Tarixda yuz bergan voqea va hodisalarning vaqtini aniqlash juda muhimdir. Busiz tarix fanini mukammal yaratib bo‘lmaydi. Tarixda yuz bergan voqea va
hodisalarning vaqtini aniqlashda tarixchi olimlar xronologiya faniga murojaat qiladilar.

«Xronologiya» so‘zi yunoncha (grekcha) «xronos» – vaqt va «logos» – fan so‘zlari birikmasidan iborat bo‘lib, tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan vaqtni aniqlovchi fandir.


Xronologiya vazifasiga ko‘ra tarix faniga yordamchi fandir. Bu fan yordamida olimlar qaysi tarixiy voqea va hodisa qachon ro‘y berganligini aniqlaydilar, ularning ro‘yxatini tuzadilar.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling