Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet11/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Shunday fanlar borki, ularni xaritasiz o‘rganish juda qiyin kechadi. Tarix va geografiya fanlari shunday fanlar hisoblanadi.


Xarita Yer yuzasi, osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog‘ozga kichraytirilib tushirilgan tasviridir.


Turli xalqlar o‘rtasida savdo aloqalarining o‘sishi, harbiy yurishlar va uzoq o‘lkalarga uyushtirilishi lozim bo‘lgan sayohatlar xaritalarning yaratilishiga sabab bo‘ldi. Miloddan avvalgi III asrda qadimgi yunon olimi Eratosfen birinchi bo‘lib Yer meridiani yoyi uzunligini hisoblab chiqqan va yer yuzining xaritasini tuzgan. Bu xaritada Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo tasvirlangan. Qadimgi yunon olimi Ptolemey, buyuk bobolarimiz Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshg‘ariylar ham o‘z davrlari uchun muhim xaritalar yaratgan edilar. Globusning yaratilishi. Globus – yer sharining kichik masshtabdagi sharsimon nusxasidir. Tarix va geografiya fanlarini o‘rganishda globus ham muhim ahamiyatga
ega.

Globus – lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «shar» degan ma’noni anglatadi. Globusda yer yuzasi juda kichraytirilgan holda tasvirlanadi. Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy o‘z davri uchun ancha


mukammal globus yaratishga erishdi.
XV asrda Samarqandda – Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida yanada mukammalroq globus yaratildi. Afsuski, bu globus Ulug‘bekning o‘limidan keyin yo‘q qilib yuborildi.
XV asr oxirlarida esa nemis geografi va sayyohi Martin Bexaym «Yer olmasi» deb atalgan globus yaratdi. Bu globus o‘zida Amerika qit’asining kashf etilishi arafasidagi Yer yuzasini
aks ettirgan.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling