Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet13/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Osiyodagi qadimgi manzilgohlar. Osiyoda qadimgi odamlarning manzilgohlari Indoneziya va Xitoy hududlaridan topilgan. Olimlar suyak qoldiqlari Indoneziya hududidan topilgan insoniyat ajdodiga pitekantrop (Yava odami), Xitoy hududidan topilgan ajdodini esa sinantrop (Xitoy odami) deb atashdi. Ular bir-birlaridan tashqi qiyofasi, yaratgan mehnat qurollari, ularning sifati va mehnat malakalari bilan farq qilgan.
Sinantroplar tabiiy olovdan foydalanishni bilib olishgan. Ular bunga yashin tufayli o‘rmon yong‘inlari kelib chiqishi natijasida hosil bo‘lgan olovni saqlab qolish yo‘li bilan erishganlar. Bu insoniyat erishgan eng katta yutuqlardan biri bo‘ldi. Yurtimizda sinantropga zamondosh
Yevropadan topilgan qadimgi inson izlari. Davrlar o‘tishi bilan odamning tashqi qiyofasi,
aql-idroki va mehnat quroli yasay olish malakasi tobora mukammallashib bordi. Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan va tarixga «neandertal odami» nomi bilan kirgan odamlar hayoti buni tasdiqlaydi. Neandertal odamning tashqi qiyofasi bugungi odam qiyofasiga juda yaqin bo‘lgan. Neandertallar miloddan avvalgi 100–40-ming yilliklar oralig‘ida yashagan.


5-SINF TARIX / 11-MAVZU. Eng qadimgi odamlar va ularning manzilgohlari
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling