Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet9/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 7-MAVZU. Tarixni o‘rganishda arxeologiyaning o‘rni
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Arxeologiya – o‘tmishni tarixiy moddiy manbalar asosida o‘rganuvchi fan.


Arxeologiya so‘zi lotincha «arxeo» va «logos» so‘zlaridan iborat bo‘lib, «qadimshunoslik» degan ma’noni anglatadi.
Arxeologiya fani bilan shug‘ullanuvchi olimlar arxeolog (qadimshunos)lar deb ataladi.
Tarixda hech narsa izsiz yo‘qolib ketmaydi. Ana shu izni topish arxeologiyaning vazifasidir.
Arxeologlar o‘tmishga oid turli topilmalar (mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, qurol-yarog‘lar, zeb-ziynatlar, uy-joy, ustaxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar)
ning qoldiqlarini o‘rganadilar. Shu asosda o‘tmish haqida ma’lumotlar to‘playdilar.
Barcha topilmalar arxeologiya yodgorliklari deb ataladi.
Arxeologiya yodgorliklari kishilik jamiyatining yozma tarixigacha bo‘lgan davrini
o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Arxeologlar dastlab qazilma ishlari o‘tkaziladigan
joylarni belgilab oladilar. So‘ng qazish ishlarini o‘tkazadilar.
Topilgan yodgorlikning yaratilgan davri va yoshi aniqlanadi. O‘zbekiston olimlari arxeologik qazishmalar natijasida topilgan yodgorliklarni o‘rganish orqali Samarqand shahrining 2750, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 va Toshkent shahrining 2200 yoshdaligini aniqladilar. O‘zbekistonda arxeologiya fanini rivojlantirishda
o‘zbek olimi Muso Saidjonov, keyinchalik mashhur olim Yahyo G‘ulomov rahbarligidagi arxeologlarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Yahyo G‘ulomov nomidagi
arxeologiya instituti ham katta ishlarni amalga oshirmoqda.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling