Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa


Download 300.66 Kb.
bet17/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari


tomonidan yaratilgan. O‘tmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar
ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keldi.
Yozuv bugungi shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘lgunicha uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Olimlar dastlabki yozuvlarni uzoq vaqtgacha o‘qiy olmadilar. Chunki, bu yozuvlar bugungi yozuvlardan keskin farq qilgan. Ular aslida harf bo‘lmasdan, biror ma’noni anglatuvchi qandaydir
belgilardan iborat bo‘lgan. Ikkinchidan, ular bugungi kunda hech kim gaplashmaydigan
tillarda yozilgan. Shunday bo‘lsa-da, olimlar tinimsiz izlanishlari natijasida ularning ko‘pchiligini
o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
Qadimgi yozuvlar va ularning turlari. Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo‘lganlar.
Ulardan dastlabkisi «eslatuvchi belgilar» deb atalgan. Bunday belgilar muayyan miqdorni
belgilashda, biror xabarni uzoq masofaga yetkazishda qo‘llanilgan. Masalan, biror miqdorni
ifodalash uchun turli hajmdagi toshdan yoki chig‘anoqlardan foydalanilgan. Ajdodlarimiz
yozuvning «buyumli yozuv» deb ataluvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan,
qo‘rg‘on rasmi marhum ko‘milgan joyni, nontuz esa do‘stlikni anglatgan. Qadimgi yozuvning
yana bir turi «rasmli yozuv» edi. Qadimgi ajdodlarimiz turli hayvonlarning rasmlarini
toshlarga, suyaklarga va g‘orlarning devorlariga o‘yib tushirganlar. Ular faqat rasmgina
bo‘lib qolmay, biror holatni anglatuvchi o‘ziga xos axborot ham edi. Hayot rivojlanib borgani sari rasmli yozuvlar kishilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. Ular ancha mukammalroq yozuvga ehtiyoj seza boshladilar. Natijada yozuvning yangi turi – «So‘z yozuvi» shakllandi. Qadimgi Misr hamda
Xitoy iyerogliflari, Shumer mixxati va boshqalar buning dastlabki namunalari bo‘ldi.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling