Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa


Download 300.66 Kb.
bet14/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Qadimgi odamlar toshga ishlov berib uni mehnat quroliga aylantirganlar. Ishlov berilib, bodom shaklida yasalgan va foydalanilgan tosh qurolning uzunligi 10–20 santimetrni tashkil etgan. Og‘irligi esa besh yuz grammdan bir kilogrammgacha bo‘lgan. Bu dastlabki mehnat qurolining ikki tomoni boshqa tosh bilan tarashlangan.


Neandertal odami toshdan uchi yanada uchqurroq ish qurolini yaratgan. Suyakdan esa kundalik hayotiy ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan turli xildagi o‘tkir uchli mayda mehnat qurollari yaratgan.
Kromanyon odami toshdan pichoq, nayza, turli xil keskich, qirg‘ich, bigiz, suyakdan esa igna, qarmoq, sanchqi yaratgan. Suyakdan igna yasab tikishni kashf etdi. Sun’iy olov hosil qilishni o‘rganib oldi. Keyinchalik o‘q-yoy ixtiro qildi. Bu insoniyat tarixidagi yirik ixtiro edi. Ayni paytda odamlarning itni qo‘lga o‘rgatishi, kundalik iste’moldan ortiqcha hayvon ovlana
boshlagach esa yovvoyi hayvonlarni uy hayvonlariga aylantira borishi natijasida chorvachilik vujudga keldi. Bora-bora odamlar kulolchilikni o‘rgandilar va o‘zlarining kuzatuvchanliklari bois tabiatda uchraydigan mis, qalay va qo‘rg‘oshindan mehnat qurollari tayyorlay boshladilar. Keyinchalik metallar aralashmasidan tayyorlangan bronza (jez)ni ixtiro qilishgan.
Shuningdek, g‘ildirakli arava, o‘ziga xos qo‘l tegirmoni, charxpalak ixtiro qilingan. Vaqtlar o‘tishi
bilan inson temir uchli omoch, temir bolta va boshqa muhim mehnat qurollari yaratadi. Bu esa
dehqonchilikning rivojlanishiga yordam beradi.
Qadimgi odamlarning mashg‘ulotlari. Qadimgi odamlar dastlab qo‘llaridagi oddiy mehnat qurollari (tosh va tayoq) yordamida tabiatda gi tayyor mahsulotlar bilan hayot kechirishgan. Uchi o‘tkirlashtirilgan tosh yordamida mayda-mayda hayvonlarni ovlaganlar. Uchi o‘tkirlashgan
tayoq yordamida esa turli o‘simliklarning ildizlarini kovlab olganlar. Uzun tayoqlar yordamida daraxtlarning mevalarini qoqib yeyishgan. Shu tariqa, terib-termachilab oziq-ovqat topish va ov
qilish odamlarning eng qadimgi mashg‘uloti bo‘lib qolgan.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling