Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet22/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Sivilizatsiya deyilganda biror xalqning madaniyati rivojida erishgan yutuqlari darajasi tushuniladi. Shuning uchun ham sivilizatsiya atamasi o‘rnida ko‘pincha «madaniyat» iborasi ham qo‘llaniladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi va ishlab chiqarish texnikasining ixtiro qilinishi, shaharsozlik,yozuvning paydo bo‘lishi, ilm-fan, adabiyot, san’atning taraqqiyoti va boshqalar sivilizatsiya yoki madaniyat taraqqiyotining belgilaridir. Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) ilk sivilizatsiya markazlari bo‘lgan. Ularning ta’sirida Yevropada ham sivilizatsiya rivojlangan.


Krit – Yevropaning dastlabki madaniyat o‘chog‘i. Arxeolog olimlar Yunoniston (bugungi Gretsiya) davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3–2- ming yillikka oid shaharlar qoldig‘ini topdilar. Shaharda bunyod etilgan saroyning devorlari suvalgan. Suvoq namligidayoq unga o‘yib rasmlar solingan. Saroyning quyi qavatidagi ko‘plab xonalarda ustaxonalar,
qurolxonalar, qimmatbaho buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan omborlar joylashtirilgan. Kritliklar hunarmandchilikda katta yutuqlarga erishganlar. Arxeologik topilmalar hunarmandchilik, zargarlik, uysozlik va kemasozlik sohalarining rivoj
topganligini ko‘rsatdi. Kemasozlikda erishgan yutuqlar kritliklarga savdo
qilish va harbiy flot yaratish imkonini berdi. Savdo floti Misr va Bobil kabi davlatlar bilan savdo-sotiq olib borishga xizmat qildi. Kritliklar o‘z yozuvlarini ham yaratdilar. Ular uzunligi 150–200,
eni 70–150 metr kenglikdagi nihoyatda go‘zal yerosti zallari ham qurganlar. Ular yaratgan labirintlar hamon odamlarni hayratga solib kelmoqda.
Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o‘rtalarida yuz bergan vulqon otilishi natijasida Krit madaniyati halokatga uchradi. Biroq yuz bergan bu halokat Krit madaniyatini butunlay yo‘q qilib yubormagan edi. Ko‘p o‘tmay Peloponnes yarimorolida yashovchi yunon qabilalari Kritni egallab
oldilar. Mikena madaniyati. Peloponnes yarimorolida miloddan avvalgi 2-ming yillikda
Mikena shahar-davlati vujudga keldi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling