Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet24/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 20-MAVZU. Dunyoning qadimgi davlatlari
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Davlat – ma’lum bir hududda uyushgan odamlar (kishilik jamiyati)ni qonun kuchi bilan boshqaradigan tashkilotdir. Qonun esa davlat tomonidan belgilab qo‘yiladigan va hammaning bo‘ysunishi shart bo‘lgan tartibqoidalardir. Davlat dastlab miloddan avvalgi to‘rtinchi ming yillik


boshlarida Afrika qit’asidagi Misr hududida tashkil topdi. Ular kichik-kichik shahar-davlatlar bo‘lib, «nomlar», davlat boshliqlari esa «nomarxlar» deb ataldi. Keyinchalik bu davlatlar o‘rnida ikkita katta davlat tashkil etildi. Davrlar o‘tishi bilan bu ikki davlat yagona davlatga
birlashtirildi. Memfis shahri davlat poytaxti etib belgilandi. Davlat hukmdori fir’avn deb ataldi.
Davlatning ichki hayoti o‘zaro urushlarsiz kechmagan. Uzoq davom etgan bu urushlar Misrni zaiflashtirdi. Oqibatda, Misrni dastlab Eron davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr, undan keyin esa Rim davlati bosib oldi. Osiyo qit’asining Misrdan uncha uzoq bo‘lmagan qismida Frot va Dajla daryolari mavjud. Shu ikki daryo oralig‘i Mesopotamiya deb atalgan. Mesopotamiya yerlari nihoyatda unumdor bo‘lganligi uchun odamlar bu joylarni o‘z manzilgohlariga aylantirdilar.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling