Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lish sabablari


Download 300.66 Kb.
bet32/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lish sabablari. Sanoat
xo‘jalikning texnika yordamida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan sohasidir. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining qo‘llanishi XVIII asrga kelib dastlab Angliyada yuz berdi. Bunga qanday omillar sabab bo‘ldi? Bu davrda Angliyada ishlab chiqarish tez suratlar bilan rivojlandi. U yirik harbiy dengiz va savdo flotiga ega edi. Bu hol unga chet ellarga katta miqdorlarda tovarlar chiqarib sotish imkonini berdi. Angliya sarmoyadorlari chet
ellarga yanada ko‘proq, birinchi navbatda eng xaridorgir to‘qimachilik sanoat mahsulotlarini olib chiqib sotish va undan katta boylik orttirishga intildilar. Ayni paytda, Angliya o‘zi bosib olgan o‘lkalar hisobiga ulkan xomashyo manbalariga ham ega bo‘lib oldi. Buning natijasida Angliya
sarmoyadorlarining boyliklari tobora ortib bordi. Bora-bora ularning qo‘lida ko‘plab ist’emol tovarlari ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan fabrikalar qurish va ularda ilg‘or texnika yutuqlaridan foydalanish imkonini beradigan darajada pul mablag‘i to‘plandi. Shu tariqa, Angliyada ishlab chiqarish texnikalari (mashinalar) ixtiro qilish davr talabiga aylandi.
Buyuk ixtirolarning boshlanishi. Angliyada ishlab chiqarish texnikasidagi ixtirolar dastlab to‘qimachilik sohasida boshlandi. Bunga sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo‘ldi. Bu talabni faqat ishlab chiqarish texnikasi (mashinalar) yordamidagina qondirish
mumkin edi. Dastlabki ixtiro XVIII asrda amalga oshirildi.


5-SINF TARIX / 27-MAVZU. Ishlab chiqarish texnikasining paydo bo‘lishi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling