Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa


Download 300.66 Kb.
bet30/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish


Test ishlash


5-SINF TARIX / 25-MAVZU. Yangi dengiz savdo yo‘llarining ochilishi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Milodning XV asri oxiri va XVI asr boshlarida Yevropa qit’asi davlatlarida yangi dengiz savdo yo‘llariga ehtiyoj yanada kuchaydi. Bunga nimalar sabab bo‘ldi? Birinchidan, XV asr oxiri – XVI asr boshlarida Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o‘sa boshladi. Bu esa turli


xomashyolarga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Biroq, Yevropa qit’asining o‘zida xomashyo kamligi tufayli ushbu talabni qondira olmadi. Bundan tashqari, Yevropada savdo-sotiqning rivojlanishi pulga bo‘lgan ehtiyojni ham oshirib yubordi. Ko‘p miqdorda pul zarb etish
uchun ko‘plab oltin va kumush kerak edi. Yevropada esa bunday nodir metallar kam bo‘lgan. Shu tufayli yevropaliklar ularni boshqa qit’a mamlakatlaridan olib kelishni o‘ylay boshladilar. Ularning ongini o‘zga o‘lka xalqlarining oltin-kumushlari va boshqa boyliklarini egallash chulg‘ab oldi. Biroq, yevropaliklar Buyuk Ipak yo‘lidan va O‘rtayer dengizi orqali o‘tadigan dengiz savdo yo‘lidan foydalana olmas edilar. Chunki, bu yo‘llarning nazorati yevropaliklarning asosiy raqibi Usmoniylar davlati (Turkiya) qo‘lida edi. Binobarin, bu yo‘llar yevropaliklar uchun xatarli bo‘lib qoldi. Bunday sharoitda yangi dengiz savdo yo‘llarini ochish zaruriyatga aylandi. Bu davrda yevropaliklarda yangi dengiz savdo yo‘llarini ochishga imkon beruvchi mustahkam kemalar hamda o‘zlarini himoya qilishga imkon beruvchi zamonaviy harbiy qurollar mavjud edi.
Bundan tashqari, ular dengizda kompas va astrolyabiyadan foydalanishni bilar edilar.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling