Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet29/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Buyuk Ipak yo‘li. Uzunligi 12000 km bo‘lgan Buyuk Ipak yo‘li miloddan avvalgi II asrda ochildi. Bu yo‘l faqat savdo yo‘li emas edi. U, ayni paytda, dunyo xalqlari o‘rtasida madaniy hamda davlatlararo aloqalar yo‘li sifatida ham xizmat qildi. Yo‘l Xitoyning Xuanxe daryosi bo‘yida joylashgan Sian shahridan boshlanib, ikki yo‘nalishli bo‘lgan. Birinchi yo‘nalish – Xitoydan Samarqandgacha bo‘lgan yo‘nalish edi. Samarqandda yo‘l yana ikkiga bo‘lingan.
Biri Eron orqali O‘rtayer dengizigacha, ikkinchisi Shimoliy Kavkaz orqali Qora dengizgacha yetib borgan. Buyuk Ipak yo‘lidagi bozor. qaysi davlat hududidan o‘tgan bo‘lsa, shu davlat hukmdorlari yo‘l yoqasida bekatlar, karvonsaroylar qurdirganlar. Yo‘lning xavfsiz bo‘lishi choralarini ko‘rganlar. Chunki, bu yo‘l tufayli shu davlatning ham savdo-sotiq ishlari rivojlangan. Qolaversa, savdo karvonlarining egalari boj ham to‘laganlar. Bu esa davlat xazinasiga katta daromad keltirgan. Buyuk Ipak yo‘li yurtimiz tarixida ham katta iz qoldirdi.
5-SINF TARIX / 24-MAVZU. BSB-3.
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling