Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet33/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Sanoat xo‘jalikning texnika yordamida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan


sohasidir. Sanoatda ishlab chiqarish texnikasining qo‘llanishi XVIII asrga kelib dastlab Angliyada
yuz berdi. Bunga qanday omillar sabab bo‘ldi? Bu davrda Angliyada ishlab chiqarish tez suratlar bilan rivojlandi. U yirik harbiy dengiz va savdo flotiga ega edi. Bu hol unga chet ellarga katta miqdorlarda tovarlar chiqarib sotish imkonini berdi. Angliya sarmoyadorlari chet ellarga yanada ko‘proq, birinchi navbatda eng xaridorgir to‘qimachilik sanoat mahsulotlarini olib chiqib sotish va undan katta boylik orttirishga intildilar. Ayni paytda, Angliya o‘zi bosib olgan o‘lkalar hisobiga ulkan xomashyo manbalariga ham ega bo‘lib oldi. Buning natijasida Angliya sarmoyadorlarining boyliklari tobora ortib bordi. Bora-bora ularning qo‘lida ko‘plab ist’emol tovarlari ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan fabrikalar qurish va ularda ilg‘or texnika yutuqlaridan foydalanish imkonini beradigan darajada pul mablag‘i to‘plandi. Shu tariqa, Angliyada ishlab chiqarish texnikalari (mashinalar) ixtiro qilish davr talabiga aylandi.
Buyuk ixtirolarning boshlanishi. Angliyada ishlab chiqarish texnikasidagi ixtirolar dastlab to‘qimachilik sohasida boshlandi. Bunga sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo‘ldi. Bu talabni faqat ishlab chiqarish texnikasi (mashinalar) yordamidagina qondirish
mumkin edi. Dastlabki ixtiro XVIII asrda amalga oshirildi. Chunonchi, 1733-yilda mexanik va to‘quvchi Jon Key to‘quv dastgohini ixtiro qildi. Bu ixtirogacha to‘quvchi o‘rmakni g‘altak iplari
orasidan o‘zi o‘tkazib turishga majbur bo‘layotgan edi. Ixtirodan so‘ng esa to‘quvchi bu ishni oyoq qurilmasini bosib turish orqali bajaradigan bo‘ldi. Shu tariqa, Jon Keyning ixtirosi mehnat unumdorligini ikki marta oshirishga imkon berdi. Bu davrda Angliyada yigirilgan ipga
ham talab oshib bordi. Bu esa, o‘z navbatida, Jeyms Xargrivs tomonidan bir vaqtning o‘zida 15–18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qilinishiga olib keldi. U o‘z ixtirosini qizining nomi bilan «Jenni» deb atadi. Endi fabrika egalari uchun yigirilgan iplardan mato to‘quvchi texnika ham kerak edi. Bu muammoni Edmund Kartrayt hal etdi. U mexanik to‘quv texnikasini ixtiro qildi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling