Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet41/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 34-MAVZU. Yevropada ilm-fan kashfiyotlari
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

XVI asrdan boshlab Yevropada ham ilm-fan taraqqiy eta boshladi. Ayniqsa, tabiiy fanlari sohasida buyuk kashfiyotlar amalga oshirildi. Bu kashfiyotlar polshalik Nikolay Kopernik va Italiya olimlari Jordano Bruno va Galileo Galileylar nomi bilan bog‘liqdir. Polshalik astronom olim Nikolay Kopernik o‘zigacha astronomiya fanida hukm surib kelgan qoida va tasavvurlarning


noto‘g‘ri ekanligini isbotlab berdi. Kopernikkacha astronomiyada qanday qoida hukmron bo‘lgan? Milodning ikkinchi asrida yunon olimi Ptolemey Yer olam markazidir, degan qoidani fanga kiritgan. Bu qoidaga ko‘ra Quyosh, Oy va yulduzlar Yer atrofida aylanadi. Yerning o‘zi harakatsizdir. Ptolemey qoidasining xato ekanligini birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik
isbotladi. U 30 yillik kuzatishlari natijasida Ptolemey qoidasini rad etdi. Kopernik Yer bir sutkada o‘z o‘qi atrofida bir marta, bir yilda esa Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishini isbotlab berdi. Demak, Quyosh Yer atrofida emas, Yer Quyosh atrofida aylanadi.
Olamning markazi Yer emas, Quyoshdir. Bu haqiqat fandagi buyuk kashfiyot edi.
Jordano Bruno. Italiyalik olim Jordano Bruno yoshligidanoq astronomiya faniga katta
qiziqish bilan qaradi. Shu soha olimlarining asarlarini qunt bilan o‘rgandi. Nikolay Kopernik
qoidasini yoqlab chiqdi. Uning fikricha, olam cheksizdir. Olam son-sanoqsiz yulduzlardan iborat. Ularning har biri Yerdan ancha uzoqda joylashgan Quyoshdir. Jordano Bruno bunday fikrlari uchun ruhoniylar tomonidan zindonga tashlandi. Biroq, zindon azobi ham uni o‘z fikridan qaytara olmadi . Brunoning dushmani bo‘lgan ruhoniylar uni 1600-yilda gulxanda yoqib kuydirdilar. Galileo Galiley. Italiyaning yana bir olimi Galiley dunyoda birinchi bo‘lib Nikolay Kopernik va Jordano Bruno aytgan fikrlar to‘g‘riligini osmon jismlarini o‘zi yaratgan teleskop yordamida kuzatish orqali isbotlab berdi. Bu ishi uchun 1633-yilda ruhoniylar uni qattiq
ta’qib ostiga oldilar. O‘lim bilan qo‘rqitib, qattiq azob-uqubatlarga duchor etdilar. Natijada,
Galiley o‘z fikridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Biroq, u qalban Kopernik ta’limotining
tarafdori bo‘lib qolaverdi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling