Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet44/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 37-MAVZU. To‘maris va Shiroq jasorati
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish


Ahamoniylarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi. Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida qadimgi Eron hududida ahamoniylar sulolasi asos solgan Fors podsholigi hukmdorlari o‘z oldilariga yurtimiz
Turonni bo‘ysundirish maqsadini qo‘ydilar. Sulola vakili shoh Kir II bu maqsadni amalga oshirish uchun dastlab ajdodlarimiz massagetlar yurtini bosib olishga qaror qildi. Kir II ning hujumi arafasida massagetlar yurtida malika To‘maris hukmronlik qilardi. Oqila va jasur hukmdor To‘maris haqida ko‘p hikoya va rivoyatlar saqlanib qolgan. Shulardan biri Gerodotning «Tarix» kitobida keltirilgan. Yovuz Kir II massagetlar yurtini bo‘ysundirish uchun miloddan avvalgi 530-yilda Amudaryoni kechib o‘tdi. Hal qiluvchi jang oldidan Kir II hiyla yo‘li bilan To‘marisning o‘g‘li Sparganisni asirga tushirdi. Kir II asir Sparganisga qarata dedi:
– Onangga ayt: menga turmushga chiqsin.
Shunda sizlarni ozod qilaman.
Sparganis undan qo‘lini yechishni iltimos qildi. Qo‘llari kishandan bo‘shagan yigit nomusi zo‘rligidan yonida turgan soqchining xanjarini tortib olib o‘ziga urdi. Hayratga tushgan forslar Sparganisni ehtirom bilan dafn etdilar. O‘g‘lining o‘limidan larzaga tushgan To‘maris Kir II ga quyidagi maktubni yo‘lladi: «O, qonxo‘r Kir! Maqtanma, o‘g‘limni ochiq jangda emas, hiyla yo‘li bilan yengding. Endi yurtingga qayt! Aks holda tangrim nomi bilan qasam ichamanki, seni o‘z qoningga to‘ydiraman». Kir II uning gapiga quloq solmadi. To‘maris bor qo‘shinini yig‘ib, Kir II ustiga yurish qildi. Ikki tomon o‘rtasida dahshatli jang bo‘lib o‘tdi. Jangda Kir II o‘ldirildi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling