Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet43/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 36-MAVZU. Turkiston ma’rifatparvarlari
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Ma’rifat – ta’lim va tarbiya orqali kishilarning bilimi va ongini oshirish yo‘lida qilinadigan harakatdir. O‘z faoliyatlarini bu ishga bag‘ishlagan kishilar esa ma’rifatparvarlar deb ataladi. Yurtimizda ma’rifatparvarlik harakati XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga keldi va u jadidchilik harakati nomi bilan shuhrat qozondi. Jadidchilik harakatining namoyandalari esa jadidlar deb atalishgan. Jadidlarni Rossiya mustamlakasiga aylanib qolgan yurtimizning taraqqiyotda orqada qolib ketganligi tashvishga solgan. Ular yurtimizni ozod va obod


ko‘rishni xohlagan edilar.
Jadidlar Turkistonning ilg‘or mamlakatlar qatoriga ko‘tarilishi, avvalo, zamonaviy bilimlarni egallagan kishilarning qanchalik ko‘p bo‘lishiga bog‘liq ekanligini yaxshi tushunganlar. Mavjud maktabxona va madrasalar bilan esa bu vazifani hal etib bo‘lmas edi. Shuning
uchun ham ular o‘z oldilariga, birinchi navbatda, yurtimiz maktablarida hukm surayotgan eski tartiblar va eski o‘qitish usullarini yangilash maqsadini qo‘ydilar. Eski maktablarda, asosan, diniy bilimlar o‘qitilgan. Tabiiy fanlari esa (fizika, astronomiya, kimyo, biologiya, zamonaviy tibbiyot kabi fanlar) deyarli o‘qitilmagan. Yosh avlodga bunday fanlarni o‘rgatmay turib yurt taraqqiyotiga erishib bo‘lmas edi. Jadidchilik harakatiga yurtimizning taraqqiyparvar ziyolilari rahbarlik qilishdi. Ular ishni dastlab yangi usul (usuli jadid) maktablarini ochishdan boshladilar. Yangi usul maktablarida diniy ta’lim bilan bir qatorda tabiat fanlaridan ham saboq berildi. Jadidlar iqtidorli bolalarni chet ellarga o‘qishga yuborishni ham tashkil etdilar. Qoloqlikka ko‘nikib qolgan xalqning ongini o‘zgartirish uchun turli gazeta va jurnallar nashr ettirdilar. Teatrlar tashkil etib, ularda kishilarni o‘yga toldiruvchi asarlarni sahnalashtirdilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqor I Abdurashidxonov va boshqalar Turkiston jadidchilik harakatining yirik namoyandalari edilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Turkiston jadidchilik
harakatining asoschisi Behbudiy 1875-yilda Samarqandda tug‘ildi. O‘z davrining
diniy va dunyoviy ilmlarini puxta egalladi.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling