Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet51/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Bosqinning boshlanishi. 1864-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakat boshlashga buyruq berdi. Dastlab, Qo‘qon xonligiga qarashli bir qancha qal’a va shaharlar bosib olindi. 1865-yilda general Mixail Chernyayev qo‘mondonligidagi qo‘shin
Toshkent shahriga hujum qildi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkari (bosh qo‘mondoni) Mulla Alimqul boshchiligida shahar mardonavor himoya qilindi. Biroq harbiy kuchlar teng emas edi. Mulla Alimqul mardlarcha halok bo‘ldi. M. Chernyayev shaharni suv ta’minotidan uzib qo‘ydi.
Oxir-oqibat shahar bosib olindi. Bosib olgan hududlarda Turkiston oblasti tashkil etildi. M. Chernyayev Turkiston oblasti harbiy gubernatori (hokimi) etib tayinlandi. 1867-yilda esa Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1868-yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda esa Xiva xonligi Rossiyaga tobe davlatlarga aylantirildi. Ulardan tortib olingan hududlar esa Turkiston
general-gubernatorligi tarkibiga qo‘shib olindi.


5-SINF TARIX / 43-MAVZU. Rossiya imperiyasi va Sovet mustamlakachiligi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling