Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet53/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 44-MAVZU. O‘zbek xalqining otashqalb farzandi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

1917-yilning fevral oyida Rossiyada uch yuz yildan ortiq taxtda o‘tirgan Romanovlar sulolasining


hokimiyati barham topdi. Mamlakat boshidan og‘ir inqirozli kunlarni kechira boshladi. Biroq yangi hukumat bu inqirozni bartaraf eta olmadi. Oqibatda hokimiyatni kommunistlar partiyasi
(xususiy mulk bo‘lmaydigan jamiyat uchun kurashuvchi) egallab oldi.
Biroq kommunistlar partiyasi Rossiya imperiyasi davrida bosib olingan o‘lka xalqlariga mustaqillik bermadi. Shu jumladan, bizning yurtimiz ham Sovet Rossiyasi mustamlakasi bo‘lib qolaverdi. Sovet imperiyasi (Sovet Rossiyasi) 1917-yilda dastlab Qo‘qon shahrida tuzilgan milliy hukumatimizni ag‘darib tashladi. Shaharda qirg‘in uyushtirdi. Bu xunrezlik butun Turkistonni larzaga keltirdi. Bolsheviklar xalqlarning milliy qadriyati, madaniyati va urf-odatlarini
mensimadi. Mustamlakachilik qaramligi yanada kuchaytirildi. Bu esa milliy-ozodlik kurashi boshlanishiga sabab bo‘ldi. Bu kurashga Madaminbek va Shermuhammadbek kabi qo‘rboshi
(qo‘mondon) bobolarimiz rahbarlik qildilar. Kurash bir necha yil davom etdi.
Biroq harbiy kuchlar teng emasdi. Buning ustiga milliy-ozodlik kurashi yo‘lboshchilari o‘zaro to‘la hamjihatlikka erisha olmadilar. Natijada Turkistonning ozodligi uchun olib borilgan kurash
mag‘lubiyatga uchradi. Turkiston ozodligi uchun kurashganlar tahqirlanib «bosmachilar» deb ataldi.
Yangi hukumat mahalliy ziyolilarni ayovsiz qatag‘on qildi. Chunki, ular Vatanimiz ozodligining eng faol kurashchilari edilar. Ular orasida Siz 30-mavzuda bilib olgan, mustaqilligimiz uchun
jonlarini fido qilgan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriylar, mashhur shoir Usmon Nosir kabi yuzlab bobolarimiz bor edi.
Sovet mustamlakachiligi yillarida F. Xo‘jayev, A. Ikromov kabi ko‘plab davlat rahbarlari ham qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Rossiya imperiyasi va sovet davlatiga qaramlik salkam 130 yil davom etdi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling