Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet49/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 41-MAVZU. Sohibqiron Amir Temur
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Amir Temur 1336-yil 9-aprelda hozirgi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi


Xoja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ildi. Uning otasi Amir Tarag‘ay Bahodir o‘zbeklarning barlos urug‘i va
Kesh viloyatining nufuzli amirlaridan biri bo‘lgan. Onasi Takina Mohbegim Buxoroning yetuk
ilm ahli xonadonlaridan birining qizi bo‘lgan. Amir Temurning yoshligi Shahrisabzda o‘tdi.
Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq ustozlar
nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish va harbiy
o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘ldi. U o‘z davrining ilmlarini puxta egalladi. Otasining piri shayx
Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak bo‘lib
voyaga yetdi. 17 yoshida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan davrda Vatanimiz hududi Chingizxonning o‘g‘illaridan biri Chig‘atoy nomi bilan
ataluvchi ulus (davlat) tarkibida edi. XIV asrning o‘rtalarida Chig‘atoy ulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaydi. Natijada ulus parchalanib ketdi. Amir Temur ana
shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqdi. U o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi askarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xizmat qilishdan boshladi. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatdi. Bu esa uning nomini Qashqadaryo vohasida mashhur qilib yubordi. Kurashlarda toblana borgan Amir Temur endi o‘z oldiga Vatanni mo‘g‘ullardan ozod etishdek muqaddas vazifani qo‘ydi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling