Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet45/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Shiroq jasorati. Kir II halokatga uchragan bo‘lsa-da, ahamoniylar Turonni bosib
olish niyatidan voz kechmadilar. Shu sulola vakili Doro I miloddan avvalgi 519-yilda saklar yashayotgan hududlarni bosib olish uchun qo‘shin tortdi.Saklar dushmanga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Buni saklar qabilasiga mansub Turonning mard o‘g‘loni Shiroq jasorati
misolida ko‘rish mumkin. Turonning mard o‘g‘loni Shiroq dushman qo‘lida halok bo‘ldi.
Lekin xalqini, Vatanini bosqinchilardan saqlab qoldi. Doroning qo‘shini sahroda qolib ketib, halokatga uchradi.
5-SINF TARIX / 38-MAVZU. Spitamenning qahramonligi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Miloddan avvalgi IV asr o‘rtalarida Yevropada Makedoniya davlati tashkil topdi. Uning podshosi Filip II bosqinchilik urushlari olib boorish uchun katta qo‘shin to‘pladi. Biroq u o‘ldirilgach taxtni 20 yashar o‘g‘li Aleksandr egalladi (mil. avv. 356–323-yillar). U juda ko‘p mamlakatlarni bosib olib, Makedoniyalik Aleksandr nomi bilan mashhur bo‘ldi. Boshqa bosqinchilar qatori Aleksandrni ham yurtimizning bitmas-tuganmas boyliklari o‘ziga rom etgan edi. Shuning uchun ham u Vatanimizni bosib olishga intila boshladi. Miloddan avvalgi 329-yilda dastlab Baqtriyani bosib oldi. So‘ng So‘g‘diyonaga qarshi yurish boshladi va Marokanda (hozirgi Samarqand) shahrini egalladi va uni o‘zining qarorgohiga aylantirdi. So‘ngra, Sirdaryo tomon yurishni davom


ettirdi. Spitamenning qahramonligi. Bosqinchilar yurtimizni hech qachon osongina bosib
ololmaganlar. Turonning mard o‘g‘lonlari bu safar ham Vatan ozodligi yo‘lida mardlarcha kurashdilar. Bu ozodlik harakati uch yil davom etdi. Unga sug‘diyonalik mohir lashkarboshi Spitamen rahbarlik qildi. Sug‘diyonaliklar quyidagi vatanparvarlik qo‘shig‘ini baralla kuylar
edilar: Gullab-yashna, go‘zal Sug‘diyona,
Biz shu Vatan o‘g‘lonlarimiz.
Sen uchun bizlar parvona
Senga qurbon bo‘lsin jonimiz.
Spitamen boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar dastlab Marokanda shahrida qoldirilgan Aleksandr qo‘shinini tor-mor etib shaharni egalladilar. Buni eshitgan Aleksandr Spitamen qo‘zg‘olonini bostirish uchun katta qo‘shin yubordi. Biroq Spitamen ularni ham tor-mor keltirdi.
Endi Aleksandrning o‘zi katta qo‘shin bilan kelib, Marokandani qattiq iskanjaga oldi. Og‘ir janglarning birida Aleksandr hatto yarador ham bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, yaxshi harbiy ta’lim
olgan Aleksandr qo‘shinining qo‘li baland keldi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling