Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa


Download 300.66 Kb.
bet52/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Vatanimizning beqiyos tabiiy boyliklari Rossiya podshosi Pyotr I ning ham havasini keltirdi. Shuning uchun u o‘z oldiga yurtimizning bu boyliklarini qolga kiritish maqsadini qo‘ydi. O‘z maqsadini amalga oshirishdan avval, O‘rta Osiyo (Xiva, Buxoro va Qo‘qon) xonliklaridagi ichki


vaziyatni o‘rganish va oltin zaxiralari bor bo‘lgan joylarni aniqlashga qaror qildi.
Shu maqsadda 1717-yilda Xiva xonligiga 10 mingdan ortiq harbiylar va turli mutaxassislardan iborat ekspeditsiya yubordi. Biroq ekspeditsiya halokatga uchradi. Pyotr I bundan xabar topsa-da, Xiva xonligidan o‘ch olish uchun qo‘shin yubora olmadi. Chunki, Rossiya boshqa urush bilan band edi. Pyotr I ning orzularini XIX asrda uning keyingi avlodlari amalga oshirdi.
Yurtimizni bosib olishda O‘rta Osiyo xonliklarining iqtisodiy jihatdan qoloqligi,
zamonaviy qurollantirilgan va ta’lim berilgan qo‘shinning yo‘qligi hamda ular o‘rtasida o‘zaro ziddiyatning kuchliligi Rossiya imperiyasiga qo‘l keldi.
Bosqinning boshlanishi. 1864-yilda Rossiya imperatori Aleksandr II O‘rta Osiyo xonliklariga qarshi harbiy harakat boshlashga buyruq berdi. Dastlab, Qo‘qon xonligiga qarashli bir qancha qal’a va shaharlar bosib olindi. 1865-yilda general Mixail Chernyayev qo‘mondonligidagi qo‘shin
Toshkent shahriga hujum qildi. Qo‘qon xonligi qo‘shinlari amirlashkari (bosh qo‘mondoni) Mulla Alimqul boshchiligida shahar mardonavor himoya qilindi. Biroq harbiy kuchlar teng emas edi. Mulla Alimqul mardlarcha halok bo‘ldi. M. Chernyayev shaharni suv ta’minotidan uzib qo‘ydi.
Oxir-oqibat shahar bosib olindi. Bosib olgan hududlarda Turkiston oblasti tashkil etildi. M. Chernyayev Turkiston oblasti harbiy gubernatori (hokimi) etib tayinlandi.
1867-yilda esa Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. 1868-yilda Buxoro amirligi, 1873-yilda esa Xiva xonligi Rossiyaga tobe davlatlarga aylantirildi. Ulardan tortib olingan hududlar esa Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga qo‘shib olindi.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling