Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet54/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 45-MAVZU. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Samarqand O‘zbekistonning eng qadimgi shahridir. 2007-yilda Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Samarqand shahri Vatanimizning yuksak mukofoti – «Amir Temur» ordeni


bilan taqdirlandi. Sug‘d yozma manbalarida shahar Smarakand nomi bilan qayd etilgan. Qadimgi
Yunoniston tarixchilari esa Samarqandni Marokand nomi bilan yozib qoldirganlar. Marokand dastlab atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’aqo‘ rg‘on edi. Samarqand miloddan avvalgi
IV asrdan Sug‘d davlatining poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik chet ellik bosqinchilarning
hujumi natijasida shahar bir necha bor vayron etildi. Samarqandning gullab-yashnashi, dunyoning eng mashhur va go‘zal shaharlaridan biriga aylanishi buyuk bobomiz Amir Temur nomi bilan bog‘liqdir.
Buxoro arki. Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo‘ldi va «abadiy shaharlar» qatoriga qo‘shildi.
Samarqand nihoyatda go‘zal shaharga aylantirilganligi uchun «Dunyoning husni» deb ham ulug‘langan.
Samarqandda 70 dan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgorliklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan «Jahon madaniy merosi» ro‘yxatiga kiritildi.
Davlatimiz mustaqilligi yillarida O‘zbekistonning eng qadimgi shahri bo‘lgan Samarqandning qiyofasi yanada go‘zallashdi.
Buxoro shahri. Buxoro ham O‘zbekistonning eng qadimiy va hamisha navqiron, mashhur shaharlari qatorida turadi. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Ayrim tarixchi olimlarning taxminicha, shaharning nomi «Tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi. Buxoroni ajdodlarimiz «Ezgulik shahri» deb ham ataganlar. Buxoro dastlab IX–X asrlarda, keyin XVI asrdan boshlab poytaxt maqomiga ega bo‘ldi.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling