Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet40/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Test ishlash


5-SINF TARIX / 33-MAVZU. Adabiyot va san’at ravnaqi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Amir Temur mamlakatning, xususan, poytaxt Samarqandning obodonchiligiga alohida e’tibor berdi va uni dunyoning go‘zal shahriga aylantirishga qaror qildi. U ulkan bunyodkorlik ishini Samarqandning mudofaa devorlarini tiklashdan boshlattirdi. Shaharga bu devorlarga o‘rnatilgan oltita darvoza orqali kiriladigan bo‘ldi. Samarqandga Zarafshon daryosidan suv keltirildi.


Temuriylar davri me’morchiligining ajoyib namunasi Amir Temurning qarorgohi – Ko‘ksaroy shaharning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan darajada hashamatli qilib qurildi.
Amir Temur ayni paytda turmush o‘rtog‘i Bibixonim (Saroymulkxonim) nomi bilan ataluvchi Jome masjidi ham qurdirdi. Amir Temur 1403-yilda yosh vafot etgan suyukli nabirasi Muhammad Sulton uchun maqbara qurdirdi. 1405-yilda Amir Temur vafot etgach uning o‘zi ham shu yerga dafn etildi va maqbara «Go‘ri Amir maqbarasi» deb atala boshlandi. Bu maqbara dunyoda mashhur me’moriy inshootdir.
Alisher Navoiy (1441–1501). O‘zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri, davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot
shahrida tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Bahodir Temuriylar xizmatida bo‘ldi. Shu tufayli Alisher temuriyzoda, keyinchalik hukmdor bo‘lib yetishgan Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalandi.
Alisher Navoiy 4 yoshidan maktabda ilm o‘rgandi. Turkiy va forsiy tillardagi she’rlarni yod oldi. 10 – 12 yoshidan boshlab esa o‘zi ham she’r yoza boshladi. Uning she’riyatga bo‘lgan ixlosi va iste’dodi hatto o‘z davrining mashhur shoiri Lutfiyni ham hayratga soldi. Alisher Navoiy
15 yoshida shoir sifatida elga tanildi. Turkiy (o‘zbek) tilidagi she’rlarini «Navoiy» va forsiy tilidagi she’rlarini «Foniy» taxallusi bilan yozdi. Turkiy tilda birinchi beshta katta kitob – shoh asari «Xamsa»ni yaratdi. Ungacha nazm, asosan, fors tilida yaratilgan. Bu asar o‘zbek adabiyotining shuhratini olamga yoydi. Jahon adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi. Bundan tashqari, o‘zbek tilidagi she’rlarini to‘plab, to‘rt qismdan iborat «Ma’nolar xazinasi» devonini tuzdi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling