Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet23/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 19-MAVZU. Qadimgi shaharlar paydo bo‘lishi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Shahar deyilganda yirik obod manzilgoh tushuniladi. Shaharlarning paydo bo‘lishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi bilan bog‘liq.


Dunyoda shaharlar miloddan avvalgi 5–3-ming yilliklarda dastlab Sharqda –
Mesopotamiya, Misr, Markaziy Osiyo, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda
paydo bo‘ldi. Hunarmand va savdogarlar to‘planib yashayotgan manzillar tobora gavjumlashib
bordi. Asta-sekinlik bilan bu gavjum manzilgohlar shaharlarga aylandi. Shaharlarda
katta-katta bozorlar soni tobora ortib bordi. Vaqtlar o‘tishi bilan shaharlar ilmfan
markaziga ham aylandi.
Memfis shahri. Eng qadimgi shaharlardan biri Qadimgi Misr davlatining poytaxti Memfis shahri edi. Shahar Misrni yagona davlatga birlashtirgan podsho Menes tomonidan qurilgan.
Shahar yirik madaniy va hunarmandchilik markazi ham edi.
Bobil shahri. Bobil ham qadimgi shaharlardan biri. U bunyod etilgan hudud hozirgi Iroq davlati tarkibiga kiradi. «Bobil» so‘zi «Xudoning darvozasi» degan ma’noni anglatadi.
Shahar qadimgi Bobil davlatining poytaxti bo‘lgan. Davlat ham o‘z nomini shu shahar nomidan olgan. Shahar, ayniqsa, podsho Xammurapi davrida Osiyoning eng mashhur shahriga aylandi. Biroq, keyinchalik shahar tashqi hujumlar natijasida bir necha marta vayron etildi. Navuxodonosor II hukmronligi davrida Bobil Osiyoning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. Shahar markazida 7 qavatli, balandligi 90 metrli ibodatxona minorasi qurildi. Bobilliklar tasavvuricha, bu minora yerni osmon bilan tutashtirib turardi. Shaharning keyingi asrlardagi taqdiri fojiali kechdi. U dastlab Eron, keyinchalik esa makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olingan. Nineviya shahri. Nineviya shahri ham dunyoning eng qadimgi shaharlaridan biri.
Unga Dajla daryosi bo‘yida asos solindi. Bu shaharning ham o‘rni hozirgi Iroq davlati tarkibidadir.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling