Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet7/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Milodgacha yil hisobi. Milodgacha turli xalqlar yil hisobini turlicha olib borganlar. Masalan, dastlab yil hisobini ekinlarning hosilini yig‘ishtirib olish boshlangan kundan boshlaganlar va uni yilning birinchi kuni deb belgilab qo‘yganlar. Qadimgi yunonlarda esa yil hisobi birinchi Olimpiya sport o‘yinlari o‘tkazilgan yildan boshlangan. Rimliklar esa Rim shahriga asos
solingan yildan boshlaganlar. Siz tarixni o‘rganishda yana bir holatni yodda tutingki, tarix fanida tarixiy voqea va hodisalar ro‘y bergan asr Rim raqamida yoziladi.
Masalan, I (1), II (2), III (3), IV (4), V (5), VI (6), VII (7), VIII (8), IX (9), X (10),
XI (11), XII (12), XIII (13), XIV (14), XV (15), XVI (16), XVII (17), XVIII (18), XIX (19), XX (20), XXI (21) asr. XXI (21) asr 2001-yilning 1-yanvar kunidan boshlangan.
Hijriy yil hisobi. Dunyoning qator davlatlarida hijriy yil hisobi ham qo‘llaniladi. U Arabistonda yaratilgan. Bu yil hisobiga payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning milodiy 622-yilning 16-iyulida Makka shahridan Madina shahriga hijrat qilgani, ya’ni ko‘chgan vaqti asos qilib olingan. Bu sanadan hijriy birinchi yil boshlandi. O‘zbekiston Respublikasida hijriy yil hisobidan diniy marosimlar va bayram kunlarini belgilashda foydalaniladi.


5-SINF TARIX / 6-MAVZU. Tarixda yil hisobi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling