Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil
Download 300.66 Kb.
|
5 - Tarix Konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa
- Jahonning mashhur muzeylari.
- O‘zbekiston Respublikasining muzeylari.
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish. Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish Muzeylar tarixiy yodgorliklarni asrovchi, saqlovchi, o‘rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi muassasadir. Muzeylar kishilarning o‘zlari uchun qadrli va yodgorlik bo‘lib qoladigan buyumlarni to‘plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo‘ldi. Muzeylarning turlari juda ko‘p. Tarixga, adabiyot va san’atga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olamiga, harbiy qurol-yarog‘ kabilarga oid muzeylar mavjuddir. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan. Yevropada ko‘plab muzeylarning tashkil etilishi XIV–XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Muzeylardan joy olgan eksponatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Jahonning mashhur muzeylari. AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi jahonning mashhur muzeylari joylashgan mamlakatlar hisoblanadi. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj, Parijdagi Luvr, Londondagi Britaniya muzeyi, Italiyadagi Uffitsi kabi dunyoga dong‘I ketgan muzeylarning kolleksiyalari tarkibida tarixiy buyumlarning nodir nusxalari saqlanadi. Masalan, 1546-yilda qurilgan va dastlab qirol saroyi vazifasini o‘tagan, hozirda esa dunyoning eng katta muzeyi hisoblanmish Parijdagi «Luvr» muzeyida qadimgi Misr, Yunoniston va qadimgi Rimda yaratilgan noyob san’at durdonalarining asl nusxalari saqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining muzeylari. O‘zbekiston Respublikasida ham ko‘plab muzeylar mavjud. Bu muzeylardagi eksponatlar jahonning mashhur muzeylari eksponatlaridan qolishmaydi. Hozirgi kunda respublikamizda O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston san’at muzeyi, O‘zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash muzeyi kabi muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgina O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining o‘zida 250 mingdan ortiq tarixiy yodgorliklar mavjud. Ular xalqimizga va chet elliklarga O‘zbekistonning o‘tmish tarixini ko‘z-ko‘z qilib turadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996-yilda bunyod etilgan. Balandligi 31 metr bo‘lgan muzey binosi uch qavatlidir. Download 300.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling