Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil
Download 300.66 Kb.
|
5 - Tarix Konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim metodlari
- O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa
- Avesto»ning mazmuni.
5-SINF TARIX / 14-MAVZU. “Avesto” – ajdodlarimiz yaratgan ilk yozma tarixiy manba
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish. Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish Miloddan avvalgi IX—VIII asrlarda qadimgi Xorazm diyorida ezgulik dini – zardushtiylik vujudga keldi.Bu dinning nomi uning asoschisi Zardusht nomidan olingan. Zardusht. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» deb ataladi. Kitobda Ahuramazda («donishmand», «yuksak», «daholi») dunyoni yaratgan xudo deb e’tirof etiladi. Eron ahamoniylari podshosi Doro III davrida «Avesto» 12 ming qoramol terisiga tilla bilan yozildi va xazinada saqlandi. Keyinchalik, makedoniyalik Aleksandrning bosqinchilik yurishlari chog‘ida uning katta qismi yoqib yuborildi. Astronomiya va tibbiyot ilmlariga oid qismlari esa yunon tiliga tarjima qilindi. Oradan bir necha asrlar o‘tib, yurtimizda islom dini keng tarqalgach, «Avesto» unutildi. «Avesto» O‘rta Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekistonning o‘tmish tarixi, shuningdek, ajdodlarimizning e’tiqodi, urf-odatlari haqidagi eng qadimgi yozma manba sifatida o‘rganiladi. Avesto»ning mazmuni. «Avesto»da ta’kidlanishicha, dunyo ezgulik (yaxshilik) va yovuzlik (yomonlik) asosiga qurilgan.Barcha yovuzliklarni (o‘lim, qahraton qish, zararkunanda hasharotlarga shu kabilar) yovuzlik homiysi Axriman yuboradi. Ahuramazda esa hayotni, ezgulikni, yorug‘likni va adolatni himoya qiladi. Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda oxir-oqibat ezgulik g‘alaba qozonadi. Biroq, buning uchun kishilar – yolg‘on gapirmasliklari, bergan va’dalarining ustidan chiqishlari va insonlarga faqat yaxshilik qilishlari lozim. Insondagi bu uch xislat barkamollik belgisi hisoblangan. Bu uch xislatni o‘zida shakllantirgan kishilar Ahuramazda tarafdoriga aylanadilar. Yovuz kuchlar ziyon yetkazmasligi uchun odamlar yer haydab dehqonchilik qilishga, g‘alla yetishtirishga, chorvachilik bilan shug‘ ullanishga da’vat etilgan va bunday mehnat sharaflangan. Ezgu fikr (oliyjanob o‘y-fikr), ezgu so‘z va ezgu amallar (xayrli ishlar) zardushtiylik dinining bosh g‘oyasini tashkil etadi. Download 300.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling