Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet26/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Semiramida osma bog‘lari. Qadimgi Yunoniston tarixchisi Gerodotning yozishicha,
Semiramida osma bog‘larini qadimgi Ossuriya podshohi – malika Semiramida (asli ismi
Shammuramat) mil.avv. VIII asrda barpo ettirgan. Bog‘ supaga o‘xshash qilib qurilgan,
supalarni ustunlar ko‘tarib turgan. Olimp xudosi Zevs haykali. Afsonalarga ko‘ra, yunon xudolari Olimp tog‘ida yashaganlar. Zevs xudolarning oliysi va odamzotning «otasi» hisoblangan. Uning nomi «yorug‘ osmon» degan ma’noni anglatgan. Qudratli Zevs sharafiga yunonlar 4 yilda bir marta mashhur sport musobaqalari — Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazganlar.
Ma’buda Artemida ibodatxonasi. Ma’- buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu
shahar hozir Turkiya davlati hududida joylashgan) ko‘rganlarni lol qoldiradigan
ibodatxona qurilgan. Quyosh xudosi Gelios haykali. Miloddan avvalgi III asrda Rodos shahri aholisi shaharning bir yillik qamaldan xalos bo‘lganligi sharafiga shahar homiysi Quyosh xudosi Geliosning haykalini yaratishga qaror qildilar. Aleksandriya mayog‘i. Mil. avv. 283-yilda o‘sha zamonning ajoyib mo‘jizasi – Aleksandriya mayog‘i bunyod etilgan. Galikarnas maqbarasi. Kichik Osiyoda Kariy viloyati bo‘lgan. Uning markazi nihoyatda boy va go‘zal Galikarnas shahri
edi. Galikarnas maqbarasi mil. avv. 353-yilda vafot etgan hukmdor Mavsol xotirasi sharafiga bunyod etilgan. Bu maqbara ibodatxona vazifasini ham bajargan. Maqbaraning kengligi 66 metr, uzunligi 77 metr, balandligi esa 46 metr bo‘lgan.


5-SINF TARIX / 22-MAVZU. Tangalar – tarix guvohi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling