Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil
Download 300.66 Kb.
|
5 - Tarix Konspektlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa
- Tangalar tarixdan guvohlik beradi.
- Qadimgi va zamonaviy tangalarda ramzlarning aks etilishi.
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish. Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish Dunyo xalqlari hayotida pul katta ahamiyatga ega. U ming yillar davomida insonlarga ayirboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Kishilik tarixida pul bo‘lmagan davrlar ham bo‘lgan. Ular dastlab iste’mol qiladigan barcha narsalarni o‘zlari ishlab chiqarganlar. Vaqtlar o‘tishi bilan dehqonchilikdan chorvachilik va hunarmandchilikning alohida faoliyat turi bo‘lib ajralib chiqishi savdosotiqning kuchayishiga olib kelgan. Endi ular ishlab chiqargan mahsulotlarini o‘zaro ayirboshlashga o‘tganlar. Shu tariqa bir-birlarining hojatlarini chiqara boshlaganlar. Savdo aloqalarining tobora o‘sib borishi, shaharlarning esa ko‘payib borishi foydalanish uchun eng qulay bo‘lgan ayirboshlash vositasi — pulning yaratilishini zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Metall (mis, kumush va oltin)dan ishlangan dastlabki pul – tanga shu tariqa paydo bo‘ldi. Eron podshosi Doro I davrida esa o‘sha davrning mashhur «darik» deb ataluvchi tanga puli joriy etildi. Bu tanganing har biri 8,4 gramm sof oltindan yasalgan. Tangalar tarixdan guvohlik beradi. Tangalar, avvalo, o‘zining qanday metalldan yasalganligiga qarab shu tangani zarb etgan davlatlar, ularning yerosti boyliklari haqida guvohlik beradi. Ikkinchidan, tangalarning og‘irligi va uning zarb etilish usuli, shuningdek, sifati haqida guvohlik beradi. Uchinchidan, davlatning nomi, hukmdorining ismi, uning taxtga o‘tirgan vaqti va hukmronlik qilgan yillari haqida guvohlik beradi. To‘rtinchidan, u yoki bu davlat tangasining boshqa davlatlar hududidan ham topilishiga qarab bu davlatning qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borganligi, tashqi savdoda qaysi davlatning puli katta rol o‘ynaganligi haqida ham ma’lumot olish mumkin. Qadimgi va zamonaviy tangalarda ramzlarning aks etilishi. Qadimgi davrlarda tangalarga turli ramzlar va hukmdorlarning tasviri tushirilgan. Shuningdek, hukmdorning unvoni, ismi va tamg‘asi hamda tangani chiqargan davlatning yoki shaharning nomi, zarb etilgan yili yozilgan. Xususan, Lidiya podsholigining tanga puli – starterning bir tomoniga lidiyaliklar uchun muqaddas hisoblangan tulki tasviri tushirilgan. Ayni paytda, tulki lidiyaliklarning bosh xudosi – Bassareyning ramzi ham hisoblanardi. Download 300.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling