Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet34/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 28-MAVZU. Transport vositalarining ixtiro qilinishi.
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish


Bug‘ mashinasidan foydalanish sohasining kengayishi. Vaqtlar o‘tishi bilan konstruktor va ixtirochilar bug‘ mashinasidan boshqa sohalarda ham foydalanishga harakat qildilar.
Nihoyat, 1807-yilda amerikalik mexanik Robert Fulton bug‘ bilan harakatlanadigan eshkakli charxlari bo‘lgan birinchi paroxodni qurdi. Uzunligi 40,5 metr, eni 5,5 metrga
yaqin bo‘lgan bu paroxod «Klermont» deb ataldi. Paroxod sinovdan o‘tkaziladigan
kuni juda ko‘p odam yig‘ildi. Ular tomoshaga kelishgan edi. Shu vaqtgacha foydalanilib kelingan yelkanli kemalar shamol bo‘lsagina suzar edi. R. Fulton yaratgan kema esa shamolga qarshi ham suza olganligini ko‘rgan tomoshabinlar hayratga tushdilar. Sinov paytida paroxod soatiga 8 km tezlik bilan suzdi.
Shu tariqa dengiz kemasozligi asta-sekin shamolga qaramlikdan xalos bo‘la bordi. Paroxodlar borgan sari takomillashtirilib borildi. Tez orada olamshumul voqea sodir bo‘ldi. Birinchi marta paroxod Atlantika okeanidan suzib o‘tib, 26 kunda Yevropadan Amerikaga
yetib bordi.

O‘z vaqtida Xristofor Kolumb bu yerga yelkanli kemalarida 70 kunda yetib borgan edi. Bug‘ mashinadan foydalanish kemasozlik bilan cheklanib qolmadi. 1814-yilda angliyalik konstruktor va ixtirochi Jorj Stefenson bug‘ bilan harakatlanadigan birinchi parovozni


yaratdi. Parovoz temir izda sinab ko‘rilganida 8 ta vagonni tortgan holda
soatiga 10 km. tezlik bilan yurdi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling