Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet48/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

1206-yilda Mo‘g‘ulistonda «Yakka mo‘g‘ul ulusi» deb atalgan davlat vujudga keldi.1 Bu davlatni o‘z davrining mashhur sarkardasi Temuchin tashkil etdi. Davlat hukmdori Temuchin Chingizxon unvoni bilan atala boshlandi.


1219-yilda Chingizxon Xorazmshohlar davlatiga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Xorazmshoh sulton Alouddin Muhammad mamlakat mudofaasini tashkil etishda xatoga yo‘l
qo‘ydi. Harbiy kuchlarni birlashtirish o‘rniga, har bir shahar-qal’a o‘z mudofaasini
tashkil etishi to‘g‘risida ko‘rsatma berdi. Xorazmshohlarning har bir qal’asi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Ammo qudratli Chingizxon Movarounnahr shaharlarini birin-ketin vayronaga aylantira bordi. Tez orada mamlakat poytaxti Urganch shahriga hujum
boshladi. Jaloliddin Manguberdi (1198–1231) jasur va mohir sarkarda. Og‘ir kasalga
chalingan sulton Alouddin Muhammad o‘limidan oldin katta o‘g‘li Jaloliddin Manguberdini taxt vorisi etib tayinladi. Biroq bungacha barcha imkoniyat boy berib bo‘lingan edi. Mamlakat uchun shunday og‘ir sharoitda Jaloliddin bosqinchilarga qarshi kurash boshladi. 1221-yilda
Valiyon qal’asini qamal qilib turgan mo‘g‘ullarga hujum qilib, ularni tor-mor keltirdi. Bu mo‘g‘ullar ustidan qozonilgan birinchi yirik g‘alaba edi. Bundan xabar topgan Chingizxon Jaloliddinga
qarshi 45 ming kishilik qo‘shin yubordi. Jaloliddin qo‘shinni G‘azna yonidagi
Parvonda qarshi oldi va jangda g‘alaba qozondi. Xalqimizning milliy qahramoni mangu barhayot. Davlatimiz tomonidan mustaqillik yillarida Sulton Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul
bosqinchilariga qarshi ko‘rsatgan mislsiz jasorati, Vataniga va xalqiga sadoqati, cheksiz muhabbati yuksak qadrlandi. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 1999-yilda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdiga Xorazmda haykal o‘rnatildi. Ko‘cha va maydonlarga uning nomi berildi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling