Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Amir Temur Yevropa xalqlari xaloskori


Download 300.66 Kb.
bet50/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Amir Temur Yevropa xalqlari xaloskori. Bu davrda Amir Temur davlatiga mo‘g‘ullar barpo etgan Oltin O‘rda davlati xavf sola boshladi. Bu davlat taxtida To‘xtamishxon o‘tirar edi. Amir Temur Oltin O‘rdaning tahdidlarini bartaraf etishga kirishdi. 1395-yilda Amir Temur
To‘xtamishxonning qo‘shinini tor-mor etdi. Bu g‘alaba Oltin O‘rdani zaiflashtirib qo‘ydi. Shuningdek, Oltin O‘rdaga qaram bo‘lgan Rus (Rossiya)ning mo‘g‘ullar zulmidan ozod
bo‘lishini tezlashtirdi.
5-SINF TARIX / 42-MAVZU. BSB-5. Rossiya imperiyasi va Sovet mustamlakachiligi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Vatanimizning beqiyos tabiiy boyliklari Rossiya podshosi Pyotr I ning ham havasini keltirdi. Shuning uchun u o‘z oldiga yurtimizning bu boyliklarini qolga kiritish maqsadini qo‘ydi. O‘z maqsadini amalga oshirishdan avval, O‘rta Osiyo (Xiva, Buxoro va Qo‘qon) xonliklaridagi ichki vaziyatni o‘rganish va oltin zaxiralari bor bo‘lgan joylarni aniqlashga qaror qildi.


Shu maqsadda 1717-yilda Xiva xonligiga 10 mingdan ortiq harbiylar va turli mutaxassislardan iborat ekspeditsiya yubordi. Biroq ekspeditsiya halokatga uchradi. Pyotr I bundan xabar topsa-da, Xiva xonligidan o‘ch olish uchun qo‘shin yubora olmadi. Chunki, Rossiya boshqa
urush bilan band edi. Pyotr I ning orzularini XIX asrda uning keyingi avlodlari amalga oshirdi.
Yurtimizni bosib olishda O‘rta Osiyo xonliklarining iqtisodiy jihatdan qoloqligi, zamonaviy qurollantirilgan va ta’lim berilgan qo‘shinning yo‘qligi hamda ular o‘rtasida o‘zaro ziddiyatning
kuchliligi Rossiya imperiyasiga qo‘l keldi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling