Yuqoridagilarga ko`ra yig`ilish QAROR QILADI
1.Maktabni PISA xalqaro baholash tadqiqotlari bo’yicha o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R.Sattarovaning axboroti va xulosalari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
2. Barcha fan o’qituvchilariga ushbu tadqiqotlarni o’rganish va o’quvchilarga o’rgatish vazifasi yuklatilsin.
3.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M.Qushnazarova zimmasiga yuklatilsin.
3. 9-11-sinf o’quvchilarining yakuniy attestatsiyadan o’tkazish bilan bog’liq tashkiliy ishlar to’g’risida.
Ushbu masala yuzasidan maktab direktori J Tursunov axboroti tinglandi. U o’z so’zida O’zbekiston Respublikasining "Ta'lim to’g’risida"gi qonuni, yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha xalq ta'limi vazirligining 2022 yil 28 fevraldagi 70-sonli va viloyat xalq ta'limi boshqarmasining 2022 yil 17 martdagi 36-sonli,tuman xalq ta`limi bo`limining 2022 yil 18 martdagi 2022-60-6-82-XT-son buyruqlarini ijrosini ta'minlash maqsadida maktabni 2022 yil 25 martdagi № 24 sonli buyrug’i chiqarilganini ta'kidlab o’tdi. Shuningdek umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quv mashg'ulotlari 2022-yil 25 -may da tugallanishi ,umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining davlat ta'lim standarti asosida egallashi lozim bo'lgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan o'tkazish uchun 9 va 1l-sinflar uchun esa davlat attestatsiyasi shaklida yakuniy (bitirish) nazorat imtihonlari ilovaga muvofiq belgilangan fanlardan tashkil etilsh haqida, umumiy o'rta ta'lim muassasalari 9 va l1-sinf o'quvchilarining yakuniy
nazorut imtihonlari 2022-yil 26-maydan l5-iyungacha amalga oshirilsh ("Jismoniy tarbiy d' fani bundan mustasno).to'g'risida tushuntirib , yakuniy attestasiyadan o’tkazish bo’yicha yo’riknomasini o’qib eshittirdi .
So’zga chikdilar:
Maktab o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R.Sattarova,matematika fani o’qituvchisi D.Patixanov, ona tili fani o’qituvchisi A.Abduraximovalar so’zga chiqib o’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish tartiblari, imtixon bo’ladigan fanlarga mas'uliyat bilan yondashib, qattik tayyorlanish to’grisida o’z fikr muloxazalarini bildirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |