Mavzu: 1-sinf matematika fanidan “Kilogramm” mavzusidagi dars mashg`ulotini o`tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish.
I. Darsning ta’limiy maqsadi: O`quvchilarga DTS talablari asosida og`irlik o`lchovlari “Kilogramm” haqida tushuncha berish, tarozi turlari bilan tanishtirish.
II. Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni mehr-oqibatli bo`lishga undash va estetik ruhda tarbiyalash.
III. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali barkamol shaxslar bo`lib yetishishlarida yordam berish.
IV. Darsning fanlararo bog’lanishi: Ona tili, mehnat, tabiat, o`qish, odobnoma.
V. Darsga tayyorgarlik jarayoni.
1. Xonaga o`quvchilarni joylanishini ta`minlash.
2. O`quvchilar tashqi qiyofasini nazorat qilish.
3. Xonaning tozaligini tekshirish.
4. Yo`qlama qilish.
VI. Darsning jihozi:
“Fazoga sayohat” nomli magnitli tarqatma.
Buratino maketi.
“Sehrli bog`” maketi va tarqatmasi
Misol yozilgan plakat.
VII. Darsning usuli: Interfaol, innovatsion, savol-javob, tushutirish, ko`rgazmalilik.
VIII. Darsning borishi:
Doskaga “Sehrli bog`ga sayohat” maketi osib qo`yiladi. O`qituvchi ertak asosida darsni boshlaydi.
Bir bor ekan, bir yo`q ekan bir sehrli bog` bor ekan. Bu bog`da qiziqarli mo`jizalar bor ekan. Kimda kim bu mo`jizani ko`rmoqchi bo`lsa, bog` oldida sehrli olma bor, pishib yotgan olmalar orasidagi misol va savollarga javob bersalar, ularga “Sehrli bog” eshigi ochiladi, deb tushuntiriladi.
O`quvchilar birin-ketin doskaga ochilgan maket oldiga kelib olmadan oladilar va ular orqasidagi misollarga javob topadilar.
Masalan :
4 + 1 = 6 + 2 =
9 + 0 = 5 + = 5
7 + 1 = 8 + = 10
To`g`ri javob topgan o`quvchilarning qo`llariga olmachalar beriladi va darsdan keyin bog`ga sayohat qilishlari aytiladi. To`g`ri javob topa olmagan o`quvchilarga esa, bog`ning eshigi ochilmasligi aytiladi.
O`quvchilar izohli baholanadilar.
IX. Yangi mavzu bayoni .
O`quvchilarga doskadagi tarozi surati chizilgan plakat osilib, ularga ko`rsatiladi.
Tarozi nima uchun kerak bo`ladi?
Tarozida nimalar tortiladi?
Ularning qanday turlari bor?
Bugun biz sizlar bilan narsa va buyumlarni og`irligini o`lchaydigan tarozi va og`irlik o`lchov birligi kilogramm haqidagi misol va masalalar yechamiz.
Birin-ketin tarozi suratlari ko`rsatiladi:
1-misol: Rasmga qarab tuzning va unning og`irligini ayting?
Bu masalani yechishda tarozi surati ko`rsatiladi. O`quvchilar og`zaki ishlaydilar.
2-misol: Doskaga masalaning qisqa yozuvi yoziladi.
Qovoqning og`irligi – 9 kg.
Tarvuzning og`irligi qovoqdan – 2 kg kam.
Tarvuzning og`irligi qancha?
Bu masalani tushuntirishda qovoq va tarvuz suratlari osib qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |