Yechish: 9 kg – 2 kg = 7 kg.
3-misol: Bu misolni o`qituvchi ertak asosida olib boradi va tushuntiradi.
Doskaga buratino maketi va misollar yozilgan plakat osib qo`yiladi. Plakatdagi misollarning ayrimlari noto`g`ri ishlab qo`yiladi.
O`qituvchi ertakni boshlaydi:
Bir bor ekan, bir yo`q ekan bir dangasa, qo`rs buratino bor ekan. Buratino darslardan qochib, o`qituvchilar gapiga quloq solmas ekan.
Bir kuni yalmog`iz kampir otasi Karlni olib ketibdi. Buni eshitgan Buratino otasini qutqarish ushun yalmog`iz uyiga o`rmonga boribdi.
Yalmog`iz Buratinoga otasini qutqarish ushun matematikadan misollar berishini va shu misollarni yechsagina otasini o`ldirmasligini aytibdi.
Buratino kekkayib misollarni yechimini aytib tashlashini aytibdi. Yalmog`iz quyidagi misollarni beribdi - deb doskaga 3-misol yozilgan plakat ilinadi:
10 – 9 = 1 8 + 1 = 9
7 + 2 = 10 9 – 2 =5
8 – 4 = 2 6 + 4 = 13
O`quvchilar, Buratino misollarni to`g`ri ishlabdimi?
Agar biz unga yordam bermasak, otasini yalmog`iz o`ldirishi mumkin. Kim yordam beradi?
O`quvchilar birin-ketin doskaga chiqib, misollarni yecha boshlaydilar.
Misolni to`g`ri bajargan o`quvchilar baholanadilar.
4-misol: Tez hisoblang.
O`quvchilar 2 guruhga bo`linadilar.
Ular o`z guruhlariga ulug` allomalar nomlarini qo`yadilar.
1-guruh. Alisher Navoiy.
2-guruh Ulug`bek.
Doskaga plakat osiladi.
1-guruh Navoiy, 2-guruh Ulug`bek
5 10
3 4
9 7
2 8
Faol ishtirok etib, g`oliblikni qo`lga kiritgan guruh a`zolari va shartni to`g`ri bajargan o`quvchilarning har biri rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |