Namangan viloyati Norin tumani 15-sonli maktabda o`tkazilgan


Download 14.9 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi14.9 Kb.
#1440176
Bog'liq
15-maktab Axborot


Namangan viloyati Norin tumani
15-sonli maktabda o`tkazilgan
“Farzandimga kitob sovg`a qilaman “
kitob aksiyasi yuzasidan yozma
Axborot
18.04.2023 kuni maktabda “Farzandimga kitob sovg`a qilaman” kitob aksiyasi bo`lib o`tdi. Kelajak avlodni yuksak ma`naviyatli insonlar etib tarbiyalash maqsadida mamlakatimiz bo`ylab o`tkazilayotgan “ Farzandimga kitob sovg`a qilaman’’ loyihasi doirasida 15-maktabda ‘’Kitob aksiyasi ‘’ tashkil etildi. Aprel oyi – Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan o`quvchilar o`rtasida kitobxonlikni targ`ib etish, yoshlarda mutolaa va axborot olish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadbirda shoir- yozuvchilar, olimlar, mahalla faollari, ota onalar, o`quvchi yoshlar ishtrok etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida aholi, ayniqsa , yoshlarning kitobga qiziqishini oshirishga bag`ishlab turli tadbirlar, xayriya aksiyalari tashkil etish, o`zbek hamda jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ`ib qilishga alohida e`tabor qaratilayotgani ta`kidlandi.Tadbirda ishtrokchilar kutubxonalarda yaratilgan imkoniyatlar , darslik va badiiy adabiyotlar, ma`lumotlar bazasi, elektron resurslar haqida batafsil ma`lumotga ega bo`ldi. Farzandining yetuk inson bo`lib kamolga yetishi, o`ziga munosib kasb tanlashida oiladagi kitobsevarlik muhitining ahamiyati, bolalarni kitob o`qishga o`rgatishda ota – onaning o`rni xususida fikr almashildi.Tadbir doirasida kutubxonada o`quvchilarning kitob haqidagi she`rlari, qo`shiqlari,jozibali raqslar tadbirga fayz bag`ishladi.

Axborot yozuvchi: K.Boborahimpova



Download 14.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling