Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi

Download 19.26 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi19.26 Kb.
#1482761
Bog'liq
Шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллудининг

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi.

Surxondaryo viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbirda professor-o‘qituvchilar, shoirlar, yozuvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda so‘z olganlar buyuk sarkarda, shoh, shoir va yetuk qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, boy ma’naviy merosi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, buyuk davlat arbobining jahon madaniyati, adabiyoti va she’riyatida qoldirgan bebaho merosi haqida fikr almashildi.

Tadbirda san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi va kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, buyuk shoir g‘azallari asosida ijro etilgan qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Surxondaryo viloyat hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbirda professor-o‘qituvchilar, ma’naviyatchilar, shoir va yozuvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda so‘z olganlar buyuk sarkarda, shoh, shoir va yetuk qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, boy ma’naviy merosi, sarkardalik san’ati xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi. Buyuk davlat arbobining jahon madaniyati, adabiyoti va she’riyatida qoldirgan bebaho merosi haqida fikr almashildi.
Tadbirda so‘z olganlar “Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir deya ta’kidlab o‘tishdi.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.” – deydi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva
Tadbirda san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi va kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.
Ayniqsa, buyuk shoir g‘azallari asosida ijro etilgan qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.” – deydi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlandi.

Surxondaryo viloyat hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi va bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan adabiy-badiiy tadbirda professor-o‘qituvchilar, shoirlar, yozuvchilar, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbirda so‘z olganlar buyuk sarkarda, shoh, shoir va yetuk qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, boy ma’naviy merosi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, buyuk davlat arbobining jahon madaniyati, adabiyoti va she’riyatida qoldirgan bebaho merosi haqida fikr almashildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur O‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi.” – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva
Tadbirda san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishi va kuy-qo‘shiqlar barchaga birdek manzur bo‘ldi.

Ayniqsa, buyuk shoir g‘azallari asosida ijro etilgan qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Download 19.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling