Namangan viloyati xalq ta`limi boshqarmasi


Download 0.7 Mb.
bet1/3
Sana16.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1278879
  1   2   3
Bog'liq
2-sinf matematika Sonli ifodalar


N avoiy davlat pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi
2-kurs “A6” guruh talabalari
“Matematika o`qitish metodikasi” fanidan

DARS
ISHLANMASI


NAVOIY - 2023

Fan: Matematika


Sinf: 3 sinf
Mavzu: Sonli ifodalar
Darsning maqsadi:



  1. Ta’limiy maqsad:

a) arifmetik amallar, sonlarni qo’shish, ayirish, bo’lish, ko’paytirish haqida tushuncha berish;
b) amallarning bajarilish tartibini tushuntirish; ketma-ketlikni to’g’ri bajarishni o’rgatish;
TK3, TK2



  1. Tarbiyaviy maqsad:

a)sonli ifodalarni to’g’ri yecha bilish orqali o’quvchilarda tabiat va jamiyat hayotidagi , kishilar o’rtasidagi turli xil miqdoriy munosabatlarni o’rganish orqali vatanparvarlik, yuksak axloqiy sifatlarni shakllanishiga, komil inson bo’lib yetishiga erishish;
b)o’quvchilarni mantiqiy tafakkurlash, vaziyatlardan to’g’ri yo’l topa olish, topqirlik, o’tkir zehnlilik kabi shaxs sifatlarini shakllantirish; TK4


3. Amaliy rivojlantirish:
O’quvchilarni turmushda, hayotda, oilaviy munosabatlarda, jamoatchilik o’rtasida o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalardan unumli maqsadaga muvofiq ijodiy foydalanish, ularni hayotga tadbiq qilishga o’rgatish, mustaqillik, o’z shaxsiy fikriga ega bo’lish xislatlarini yanada o’stirish; FK1


4. Kasbga yo’llovchi:
Kasblar haqidagi qiziqish va tushunchalarini shakllantiruvchi hayotga eng to’g’ri yo’l va kasb tanlay olishlik kabi inson shaxsini shakllantiruvchi aqliy yo’nalishlarini tarbiyalash;


5. Vatanga muhabbat va sadoqat, xalqiga sodiqlik kabi tuyg’ularni o’quvchilar qalbi va ongiga singdirish;
Dars tipi: Yangi bilim berish, tushuncha hosil qilish, mustahkamlash;
Darsning uslubi: Og’zaki, amaliy;
Darsning usuli: Savol-javob darsi;
Darsning jihozi: Matematika darsligi; mavzuga doir masalalarga oid ko’rgazmalar, chizmalar; o’qituvchilar uchun uslubiy qo’llanmalar; test savollari, texnika vositalari.

Dars davomida o’quvchilarning BKM lari quyidagi tartibda baholab boriladi. (5 ballik sistemada)





  1. O’rganilgan mavzular asosida olgan malaka va ko’nikmalari – 1 ball.

  2. Yangi mavzu yuzasidan olgan bilim va tushunchalari – 1 ball.

  3. Mustaqil fikrlash malakalari – 1 ball.

  4. Test, o’yinlar – 1 ball.

  5. Tezkor savol-javoblar – 1 ball.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling