O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TO‘G‘RISIDA (2021-yil 20-aprel, O‘RQ-682-son) - 21-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash
- Normativ-huquqiy hujjat loyihasi davlat tilida tayyorlanadi.
- 32-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga kiritish
- Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organga davlat tilida kiritiladi.
- 33-modda. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
- Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Zarur bo‘lganda u boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
- Davlat tilidagi normativ-huquqiy hujjat matni bilan uning boshqa tildagi matni o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatning davlat tilidagi matni qo‘llaniladi.
- 2019-yilga qadar davlat tilini rivojlantirish sohasida
- qabul qilingan qonunchilik hujjatlari:
- 3 ta
- 2 tа – Qonun
- O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi (yangi tahriri), 21.12.1995 y., O‘RQ-167-I-son.
- O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi, 02.09.1993 y., 931-ХII-son
- 1 tа – Hukumat qarori
- “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida” 24.08.1995y., 339-son;
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
- DAVLAT TILI HAQIDA
- (yangi tahriri, 1995-yil 21-dekabr, 167-I-son)
- 1. O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.
- 2. Qonun 24-moddadan iborat.
- MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKS
- (01.04.1995 yil)
- 42-modda. Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Fuqarolarning tarbiya va ta’lim berishda tilni erkin tanlashdan iborat huquqlarini buzish, tildan foydalanishda to‘sqinlik qilish va cheklash, davlat tilini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida yashovchi boshqa millatlar va elatlarning tillarini mensimaslik —
- bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Ma’lumot uchun: 01.04.2023 yildan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 300 000 etib belgilangan.
- 245-modda. Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar
- Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar ushbu Kodeksning …… 42, …… nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |