- MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKS
- (01.04.1995 yil)
- 1781-modda. Reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan reklama axborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmasini o‘z muddatida bajarmaganlik —
- bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik —
- bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
- bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Ma’lumot uchun: 01.04.2023 yildan boshlab bazaviy hisoblash miqdori 300 000 etib belgilangan.
- 2019-2022 yillarda davlat tilini rivojlantirish sohasida
- qabul qilingan qonunchilik hujjatlari:
-
- 1. “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (20.01.2020 y., 34-son);
- 2. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (29.01.2020 y., 40-son);
- 3. “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (10.02.2020 y., 73-son);
- 4. “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (03.03.2020 y., 117-son);
- 5. “O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (11.03.2020 y., 139-son);
- 6. “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (28.09.2020 y., 592-son);
- 7. “Rahbar kadrlar va mas'ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (04.02.2021 yil, 52-son);
- 8. “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (10.02.2021 yil, 61-son);
- 9. “Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob'ektlariga nom berishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (16.03.2021 yil, 144-son);
- 10. “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (28.10.2021 yil, 662-son).
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |