- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
- FARMONI
- “O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”
- 1. Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.
- 2. Departamentning asosiy vazifalari belgilandi.
- 3. «O‘zbek tili bayrami kuni»ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasi va «Davlat tili haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish belgilandi;
- 4. Yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste'molga kiritish bo‘yicha Atamalar komissiyasini tashkil etish;
- 5. 2020 – 2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasini tayyorlash.
-
-
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
- FARMONI
- “MAMLAKATIMIZDA O‘ZBEK TILINI YANADA RIVOJLANTIRISH VA TIL SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”
- (2020-yil 20-oktabr, PF-6084-son)
- 1. 2020 - 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
- 2. 2020 - 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020 - 2022-yillarda amalga oshirish dasturi tasdiqlandi.
- 3. 2020 - 2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
- 4. 2025-yilga qadar davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030-yilgacha esa 80 foizga yetkazish;
- 5. 2030-yilga qadar umumta’lim maktablarida o‘zbek tili fanini o‘qitish ko‘lamini 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;
- 6. Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili kafedralari sonini 2025-yilga qadar 120 taga, 2030-yilgacha esa 140 taga yetkazish;
-
-
Do'stlaringiz bilan baham: |