Namdu tabiiy fanlar va geografiya fakultetiBiologiya yo’nalishi 201-guruh talabasi


Download 0.79 Mb.
bet4/5
Sana17.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1279379
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burchoqnamolar qabilasdi

Isirg‘ao‘t (Onobrychis) turkumi. Ko‘p yillik va bir yillik o‘t, ayrim hollarda yarim butacha va yarim buta shaklidagi o‘simlik. Bu turkumning yer yuzida 150, shu jumladan, Hamdo‘stlik mamlakatlarida 76, O‘rta Osiyoda 20 turi borligi ma’lum. O‘zbekistonda bu turkumning Xuroson esparseti (O. horassanica) nomi bilan yuritiladigan balandligi 70 sm ga qadar bo‘lgan, qurg‘oqchilikka chidamli, shag‘al aralash mayin tuproqli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan Zarafshon espartseti (O. zeravchanica), balandligi 85 sm ga qadar bo‘lgan, tog‘ yon bag‘irlarida, archazorlarda o‘suvchi tikanli espartset (O. echidna), tog‘ zonasining shimoliy yonbag‘irlarida keng tarqalgan bir yillik O. micrantha, O. pulchella kabi turlarini ko‘rsatish mumkin.
No‘xat (Cicer) turkumi. Bularning 75 turi yer kurrasining subtropik va o‘rta iqlimli mintaqalarida tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 24, shu jumladan, O‘rta Osiyoda 16 turi o‘sadi. Aksariyat qismi yovvoyi holda o‘sadi, turlarning deyarli barchasi ko‘p yillik, faqat birgina madaniylashtirilgan turi — Cicer arienticum bir yillik (24-rasm). No‘xatning dengiz sathidan 800-2.000 metrga qadar balandlikda, madaniylashtirilgan bir yillik turi (ekiladigan no‘xat — S. arienticum), tog‘ yonbag‘irlarida, archalar orasida o‘sadigan jungor no‘xati (S. songorica), dengiz sathidan 3.000 metr balandlikda o‘sadigan tikanli no‘xat (S. pungen), 3.800 metrga qadar balandlikda o‘sadigan uzun tumshuqli no‘xatni (S. micranthum) ko‘rsatish mumkin.
no’xot. 1-novdada hosil bo’lgan gul, meva va barglar; 2-gulining umumiy ko’rinishi; 3-gultojibarglar (p-elkan, v-eshkak, l-qayiqcha); 4-changchilar;
5-urug’chi
Loviya (Phasecolus) turkumi. Bu turkumning 200 ga yaqin turi Amerika qit’asida tarqalgan. 20 turi yer yuzining deyarli hamma qit’alarida, shu jumladan, O‘rta Osiyoda 5 turi ekiladi. Oddiy loviya (Ph. vulgaris), ko‘p gulli loviya (Ph. multiflorum), oysimon loviya (Ph. lunatus), nish bargli loviya (Ph. autifolus) va O‘zbekistonda sevib iste’mol qilinadigan mosh (Ph. aurens) shular jumlasiga kiradi.
Yantoq (Alhagi) turkumi. Mazkur turkumning faqat 5 turi mavjud, uning areali Saxaradan Markaziy Osiyo va Himolayga qadar cho‘zilgan. O‘rta Osiyo va, xususan, O‘zbekistonda yantoqning A. persarun, A pseudoalhagi, A. kirgisorum, A. camelorum singari turlari keng tarqalgan. Yantoq O‘rta Osiyo cho‘llarida chorvachilik uchun yem-xashak hisoblanadi.
Miya (Glycyrrhiza) turkumi. Balandligi 70-100 sm, ko‘p yillik o‘t. Fanda uning 18 turi ma’lum bo‘lib, 5 turi O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda bu turkumning balandligi 50-80 sm bo‘lgan to‘qayzorlar, sug‘oriladigan maydonlar, daryo irmoqlarining sohillari, lalmikor yerlarda tarqalgan qizil miya (G. glabra), tog‘ va tog‘ oldi zonalarida yovvoyi begona o‘t sifatida uchraydigan tikanli miya (G. apera) deb nomlangan turlari keng tarqalgan.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling